Dunyo

Germaniya shifoxonalarini Rossiya bilan ehtimoliy urush uchun tayyorlamoqda — Bloomberg

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Germaniya Rossiya bilan urush boshlanib qolsa, ko‘plab yaradorlarni qabul qilish uchun shifoxonalarni tayyorlamoqda.

“Sog‘liqni saqlash tizimimiz bunga tayyormi? Yagona javob — yo‘q. Bizni marafonga o‘xshash uzoq va og‘ir jarayon kutmoqda”, dedi Ulmdagi harbiy gospital qo‘mondoni Benedikt Frimert.

Qayd etilishicha, Germaniya hukumati shu shahardagi harbiy gospital ostida joylashgan tibbiy bunkerni qayta ochishni buyurgan.

Unda Rossiya bilan ehtimoliy harbiy harakatlar ssenariysi bayon qilingan: mojaro yuz bersa, Germaniyaga har kuni 1000 nafargacha yarador askar olib kelinishi mumkin.

Aprel oyida Berlin o‘zining harbiy strategiyasini rasman tasdiqlagan edi. Unda 2039-yilga borib Yevropadagi eng qudratli armiyani shakllantirish maqsadi qo‘yilgan. Hujjatda Rossiya “asosiy tahdid” deb atalgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu konsepsiyani “qarama-qarshilikning yaqqol ko‘rinishi” deb baholagan.

Masalan, qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun Bremerhaven porti modernizatsiya qilinmoqda.

Moskva Berlinning “dushmanona” harakatlariga javoban Sankt Peterburgdagi konsullik hamda Gyote instituti filiallarini yopish haqida qaror qabul qilgan. Germaniyalik diplomatlar va muassasa xodimlari 18-sentyabrga qadar Rossiyani tark etishi kerak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.