Layfstayl

“Garri Potter” yulduzi Deniel Redkliff franshizaga qaytishi mumkin

“Garri Potter” yulduzi Deniel Redkliff franshizaga qaytishi mumkin

Butun dunyoga “omon qolgan bola” obrazi bilan tanilgan Daniel Redkliff franshizaga kutilmagan rolda qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda Peopletalk xabar bermoqda.

Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, aktyor HBO bilan “Garri Potter” kinosagasining serial ko‘rinishidagi remeykida Volan-de-Mort rolini ijro etish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Aytishlaricha, tomonlar shartnoma imzolashga juda yaqin, biroq HBO studiyasi hozircha bu kasting bo‘yicha rasmiy izoh bermagan. Agar kelishuv amalga oshsa, bu shubhasiz fentezi olamidagi eng muhim voqealardan biriga aylanadi. Original filmlarda o‘n yil davomida bosh qahramonni gavdalantirgan Redkliff endi uning eng ashaddiy dushmani sifatida ko‘rinish beradi. Yovuz qahramonning yoshligini esa 13 yoshli Billi Barratt ijro etadi.

Franshiza asosida suratga olinayotgan yangi serialning birinchi mavsumi premyerasi 2026-yil dekabriga belgilangan. Ikkinchi mavsum ustidagi ishlar esa shu yil kuzida boshlanadi. HBO yozuvchi Joan Roulingning barcha 7 ta kitobini to‘liq ekranlashtirishni rejalashtirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.