“Xogvartsdagi yangi o‘quv yiliga xush kelibsiz” – “Garri Potter” serialining yangi treyleri taqdim etildi (video)

“Xogvartsdagi yangi o‘quv yiliga xush kelibsiz” – “Garri Potter” serialining yangi treyleri namoyish etildi (video)
HBO kanali 2026-yil Rojdestvo bayramida premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Garri Potter” serialining ikkinchi tizer-treylerini e’lon qildi.
Yangi rolikda “Garri Potter va hikmatlar toshi” kitobidagi barcha asosiy voqealar ko‘rsatilgan. Unda afsungarlik maktabiga Xogvarts-ekspress maxsus poyezdida yo‘l olish, fakultetlarga taqsimlanish marosimi, shuningdek, kviddich o‘yini va troll bilan bo‘lgan jang tasvirlangan.
Serialda bosh qahramon Garri Potter rolini Dominik Maklaflin ijro etadi. Uning sodiq do‘stlari Ron va Germiona obrazlarini esa Alastar Staut hamda Arabella Stenton gavdalantiradi. Kitob nomi bilan bir xil atalgan birinchi fasl sakkiz qismdan iborat. Loyiha HBO kanali va HBO Max striming platformasi orqali tomoshabinlarga taqdim etiladi.
Ma’lum qilinishicha, serialning ikkinchi fasli ustidagi ishlar allaqachon boshlangan bo‘lib, suratga olish jarayonlari joriy yilning kuz oylarida boshlanadi.

