Layfstayl

Ron Uizli qaytmoqda: Rupert Grint “Garri Potter”ning yangi loyihasida suratga tushadi

Ron Uizli obrazini gavdalantirgan Rupert Grint “Garri Potter”ning yangi loyihasida ishtirok etadi.

“Garri Potter” filmlaridagi taniqli aktyor Rupert Grint o‘zining mashhur rolini qayta ijro etishini e’lon qildi. Ron Uizli roli bilan dunyoga tanilgan aktyor Brodvey teatrida sahnalashtirilayotgan “Garri Potter va la’natlangan bola” myuziklida asosiy rollardan birini o‘ynaydi.

Bu xabar aktyorning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifasida ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, sahna asarining premyerasi 2027-yil 2-fevralga belgilangan.

Ushbu yangilik aktyorning tug‘ilgan kunidan so‘ng e’lon qilinishi ramziy ma’noga ega. Chunki, bir necha kun avval Rupert Grint 38 yoshini nishonlagan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Rupert Grintga aynan “Garri Potter” filmlar seriyasi katta shuhrat keltirgan. U 11 yoshida sehrgarlar haqidagi film kastingidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Birinchi film — “Garri Potter va falsafiy tosh” premyerasi 2001-yil noyabrida bo‘lib o‘tganida aktyor atigi 13 yoshda edi.

Aktyorning so‘nggi yirik ijodiy ishlaridan biri Charlz Dikkensning mashhur qissasi asosida ishlangan, gotika va fentezi janridagi “Ebenezer: Rojdestvo qo‘shig‘i” filmi bo‘ldi. Ushbu kartina premyerasi 2026-yil noyabr oyida kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.