Layfstayl

“Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

**"Garri Potter" filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)**

"Garri Potter" kino olami ustida yuzlab insonlar — rejissyorlar, operatorlar, dekoratorlar, kostyum ustalari va vizual effektlar bo‘yicha mutaxassislar yillar davomida ishladi. Har bir sahna ortida uzoq mehnat, puxta rejalashtirish va texnik yechimlar mujassam.

Ushbu maqolada sizni kamera ortiga — suratga olish maydoniga olib boramiz. Qanday qilib sehrli sahnalar yaratilgani, aktyorlar va texnik jamoa nimalar bilan yuzlashgani, qaysi kadrlar haqiqiy, qaysilari esa mutlaqo tasavvur mahsuli ekanini bilib olasiz.

**9 ¾ platformasi**

9 ¾ platformasi Garri Potter olamidagi eng mashhur joylardan biri. Aynan shu kirish yo‘lagidan "Hogvarts-ekspress" yoshlarni sehr-jodu maktabiga olib ketadi. Muxlislar esa devorga "kirib ketayotgan" aravacha yonida suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi. Ha, bunday joy haqiqatda ham bor va u Londondagi Kings Kross vokzalida joylashgan.

Bundan tashqari, Kings Kross vokzalida 9 va 10-platformalar orasida devor ham yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, filmdagi kadrlar haqiqiy Kings Kross vokzalida suratga olingan. Faqatgina ular 4 va 5-platformalar orasidagi to‘siqdan foydalangan. Muxlislar uchun o‘sha yerda "devorga yarim kirib qolgan" aravacha va "Platform 9¾" yozuvi o‘rnatilgan.

**Uchar supurgi**

Uni Uels janubidagi temir-tersak omboridan topishgan va ta’mirlab, filmga moslashtirishgan.

**Kviddich maydoni**

Rejissyor Kris Kolambus nafaqat sehrli sportni ko‘rsatmoqchi, balki uning xavfli tomonlarini ham namoyon qilmoqchi bo‘lgan. Tomoshabinga uchar supurgilar tezligini yetkazish uchun kadrlarda doimiy tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak edi, shu bois to‘rt tomonda minoralar qurish g‘oyasi paydo bo‘lgan.

Avvaliga stadionni Shotlandiyada qurish rejalashtirilgan, ammo bu fikrdan voz kechishdi. Pavilyonda faqat bitta minora qurildi, qolgan qismlar kompyuter grafikasida chizilgan.

Keyingi filmlarda ayrim epizodlar aktyorlar bilan birgalikda suratga olingan, eng murakkab va dinamik sahnalarda esa dublyorlardan foydalanilgan.

**Shaxmat donalari**

Ko‘pchilik figurani kompyuter grafikasida yaratilgan deb o‘ylaydi, lekin aslida ular haqiqiy bo‘lgan.

Film uchun to‘liq hajmdagi shaxmat maydoni va balandligi 3,5 metrga yetadigan shaxmat donalari yasalgan. Ular maxsus mexanizmlar yordamida sekin harakatlana olgan.

**Aktyorlar o‘rniga gips shakllar ishlatilgan**

Uzoq vaqt qimirlamasdan, nafas olmasdan va ko‘z qimirlatmasdan yotish esa yosh aktyorlar uchun qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ikkinchi filmda ilon bilan uchrashgandan so‘ng tosh qotgan o‘quvchilar sahnasida aktyorlar o‘rniga ularning gips nusxalari ishlatilgan.

Buning uchun aktyor yuziga tibbiyotda ishlatiladigan maxsus alginat surtilgan, ustidan gipsli bint o‘ralgan. Qotgach, qolip ehtiyotkorlik bilan yechilib, to‘liq nusxa yasalgan. Natijada juda ham haqiqiy ko‘rinadigan figuralar tayyor bo‘lgan.

**Yuzlab likopchalar va ajdarlar "Sehrgarlik vazirligi"da jonlantirilgan**

Xonada Dolores Ambridj devorlariga jonli mushukchalar tasviri tushirilgan yuzlab chinni likopchalar ilingan. Buning uchun haqiqiy likopchalar tayyorlangan, hayvonlar esa keyinchalik grafika yordamida harakatlantirilgan.

Bu sahnalar uchun 40 dan ortiq tirik mushuklar suratga olingan — ularning har biri keyinchalik animatsiyaga asos sifatida ishlatilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.