Mahalliy

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula emas, Siam somi boqilgani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula emas, Siam somi boqilgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida akula boqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘rganish jarayonida Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” MFYda yashovchi fuqaro T.M. tomonidan akula emas, balki Siam somi balig‘i boqilayotgani ma’lum bo‘ldi. Fuqaroning aytishicha, baliqlar hozir yerto‘lada emas, balki uyi hovlisiga joylashtirilgan.

“Internetda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula boqilyapti, degan noto‘g‘ri xabar tarqalib ketdi. Buning uchun uzr so‘rayman”, dedi T.M.

Ma’lumot uchun, Siam somi akvarium balig‘i hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshagani sababli u “akulasimon som” yoki “akuliy som”, shuningdek, pangasius nomi bilan ham tanilgan.

Avvalroq viloyat Qurilish boshqarmasi yerto‘lasida baliqxona tashkillashtirgan shaxsni jarimaga tortib, yerto‘lani 15 kun ichida asl holatiga qaytarish vazifasini yuklagandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.