Mahalliy

Farg‘onada qaynotasini do‘pposlab o‘ldirgan erkak qamaldi

Farg‘onada qaynotasini do‘pposlab o‘ldirgan erkak qamaldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelgan mojaro qotillik bilan yakunlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi chiqargan hukmga ko‘ra, o‘z qaynotasining o‘limiga sabab bo‘lgan shaxs 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak o‘z uyida qaynotasi bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirgan. Suhbat davomida qaynota kuyovining qizini — ya’ni o‘z nabirasini yomon xulqli qizlarga qiyoslagani sabab ular o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjal paytida g‘azabini tiyolmagan erkak qaynotasining yuziga qo‘llari va peshonasi bilan urgan, so‘ng boshi hamda yuziga oyoqlari bilan qattiq tepgan.

Natijada og‘ir tan jarohatlari olgan erkak shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 18 kundan so‘ng vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga binoan, erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismining “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.