Mahalliy

Farg‘onada erkak qaynotasining uyini yoqib yubordi

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida bir erkak oilaviy kelishmovchilik tufayli qaynotasining uyini yoqib yubordi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchining rafiqasi farzandi bilan otasining uyiga ketgan. Rossiyadan qaytgan erkak farzandini ko‘rish maqsadida qaynotasining xonadoniga borgan, biroq qaynonasining qizi boshqa kishiga turmushga uzatilgani haqidagi so‘zlaridan g‘azablangan.

Bir necha soat o‘tgach, erkak qo‘lida benzin bilan yana qaynotasining uyiga kelgan. U yonilg‘ini xonalardan birining ichiga sepib, o‘t qo‘ygan va voqea joyidan ketgan. Yong‘in natijasida 109 million 884 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Sudda erkak aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishini jahl ustida sodir etganini va pushaymonligini bildirgan. Jabrlanuvchi, ya’ni uning qaynotasi, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganini va sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 173-moddasi ikkinchi qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi va jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi inobatga olinib, unga 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida oilaviy janjal paytida xotinining boshiga telefon otib, unga tan jarohati yetkazgan erkakka sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgan edi.

Sud erkakni aybdor deb topib, unga 1 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni undirish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo kiritish huquqi tushuntirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.