Farg‘onada 15-qavatdan tushib ketgan 24 yoshli yigit halok bo‘ldi
Farg‘onada 24 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zini tashlab yuborgan. Yigit avval ruhiy salomatlik markazida bir necha marta davolangan. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Farg‘onada 15-qavatdan yiqilib tushgan 24 yoshli yigit hayotdan ko‘z yumdi
Farg‘ona shahrida 24 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan yiqilib tushishi oqibatida vafot etdi.
Voqea 26-oktabr kuni soat 18:30 lar atrofida yuz bergan. 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro “Shakarqishloq” MFYning Tarona ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zini tashlab yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit shizofreniya kasalligi sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Farg‘ona viloyati filialida bir necha bor davolangan.
Holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan voqea sabablarini aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

