Mahalliy

Fargʻonada ikki hamshira pichoqlandi. Ulardan biri vafot etgan

Holat 7-sentabr kuni Qoʻshtepa tumanidagi tugʻuruqxonada sodir boʻlgan. Gumonlanuvchi ayol qoʻlga olingan. Unga nisbatan qasddan odam oʻldirish aybi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻonada ikki hamshira pichoqlandi. Ulardan biri vafot etdi

Qoʻshtepa tumanida ikki nafar hamshira pichoqlangan.

Voqea 7-sentabr kuni tuman tugʻuruqxonasida sodir boʻlgan. Jabrlanganlardan biri olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Ayol hamshiralarni xonaga qamab qoʻygan holda pichoqlagani aytilmoqda. U nega bunday qilgani va ishning boshqa tafsilotlari hozircha nomaʼlum.

Uning bildirishicha, Qoʻshtepa tuman prokuraturasi 7-sentabr kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

Gumonlanuvchi shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.