Mahalliy

Fargʻona viloyatida BMW agʻdarilib ketdi: haydovchi halok boʻldi

Fargʻona viloyatining Furqat tumanida 28 yoshli BMW haydovchisi yuqori tezlikda boshqaruvni yoʻqotib, ustun va daraxtga borib urildi. Erkak voqea joyida halok boʻldi, avtomobilda boʻlgan yoʻlovchi esa oldi oyna orqali uchib chiqdi, ammo tirik qoldi.

Fargʻona viloyatida BMW agʻdarilib ketdi: haydovchi halok boʻldi

Hodisa 12 oktyabr kuni sodir boʻlgan, deb xabar berdi Fargʻona viloyati IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Elbek Qobilov Kun.uz’ga.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtomobil 100 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlangan. Keskin burilishda haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, avval ogohlantiruvchi konstruktsiyaga, soʻng ustun va daraxtga borib urilgan.

YTH oqibatida 28 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Tirik qolgan yoʻlovchining aytishicha, birinchi toʻqnashuvda u oldi oyna orqali salondan otilib ketgan. Yoʻl-transport hodisasidan soʻng u haydovchiga yordam berishga harakat qilgan, biroq uning pulsi allaqachon toʻxtagan edi.

YHXB maʼlumotlariga koʻra, marhumning haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan. Ilgari huquqni muhofaza qilish organi xodimlari uni avtomobil boshqarishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantirishgan. Bundan tashqari, unga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzgani uchun qonunda nazarda tutilgan choralar qoʻllanilgan, biroq u yana rul orqasiga oʻtirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.