Erkinjon Turdimov Taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
U Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Erkinjon Turdimov Taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi.
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
U Taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida uning nomzodi bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga koʻrib chiqildi.
Turdimov turli yillarda Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hokimi lavozimlarida ishlagan. 2025 yil yanvarida esa Sirdaryo viloyati hokimi boʻlgandi.

