Mahalliy

Sirdaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Sardor Mirzaraimov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq bo‘ldi. U bungacha IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi rahbar etib Sardor Taxirovich Mirzaraimov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Tayinlov Prezident administratsiyasi va Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Sardor Mirzaraimov ichki ishlar organlarida tergov, tezkor-qidiruv va rahbarlik yo‘nalishlarida ko‘p yillik tajribaga ega. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mirzaraimov yangi lavozimda 2025-yilning mart oyidan buyon ishlab kelayotgan Farrux Haydarovning o‘rnini egalladi. Avvalroq Kun.uz nashri uning ishdan bo‘shatilishi qo‘l ostidagi xodimga og‘ir tan jarohati yetkazgani bilan bog‘liqligini yozgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.