G‘ofurjon Mirzayev prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi — manba

G‘ofurjon Mirzayev prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi — manba
Prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan G‘ofurjon Mirzayev lavozimidan ozod etildi.
“Daryo”ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, u Qahramon Quronboyev o‘rniga Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlanishi kutilmoqda.
G‘ofurjon Mirzayev 1964-yil 21-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1990-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. G‘ofurjon Mirzayev 2016-yildan Sirdaryo viloyati hokimi vazifasiga kirishgan. 2020-yilda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlangan. 2022-yilda esa prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

