Iqtisodiyot

Elektrotexnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan

Prezidentning 12.09.2026 yildagi PQ-325-sonli qarori bilan yirik investorlarni jalb qilish va mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun soliq va moliyaviy imtiyozlar belgilanmoqda.

Elektrotexnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat qoʻllab-quvvatlashi choralari qabul qilindi

Prezidentning 12.09.2026 yildagi PQ-325-sonli qarori bilan yirik investorlarni jalb qilish va mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan soliq va moliyaviy imtiyozlar joriy etilmoqda.

**Soliq imtiyozlari va preferentsiyalar**

2028 yil 1 yanvarga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari oʻz ehtiyojlari uchun polietilen granulalarini olib kirishda aktsiz soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.

Hisobot davri yakunlariga koʻra elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushum ulushi umumiy tushumning kamida 80 foizini tashkil etadigan elektrotexnika tarmogʻi korxonalari uchun foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkalarini 50 foizga kamaytirish tarzidagi ilgari belgilangan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2030 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Yagona elektron platformasida (cooperation.uz) roʻyxatdan oʻtgan elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar yetkazib beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 2027 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk soligʻi stavkasini 50 foizga kamaytirish koʻrinishidagi imtiyoz beriladi. Bunda hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha ushbu mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum umumiy tushumning kamida 50 foizini tashkil etishi shart.

Ushbu imtiyoz davlat korxonalari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Investitsiyalar hajmi 50 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan yirik xalqaro investorlar («Forbes Global 2000») 10 yil muddatga yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi. Bunda investitsiya shartnomasida 3 yil davomida qoʻshilgan qiymatni 40 foizdan oshirish, shuningdek, yillik foydaning kamida 3 foizini ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yoʻnaltirish majburiyatlari nazarda tutilishi lozim.

Elektrotexnika sohasidagi yangi investitsiya loyihalari boʻyicha tadbirkorlik subʼyektlariga ishlab chiqarish binolari va texnologik uskunalarni foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab 3 yil davomida tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi beriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.