Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
2026-yil 1-oktyabrdan boshlab elektrotexnika sanoati korxonalari uchun aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashga tijorat banklari orqali kreditlar

Prezidentning yangi qarori tasdiqlandi
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tariladi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab elektrotexnika sanoati korxonalari uchun:
- aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida tijorat banklari orqali quyidagi shartlarda kreditlar ajratiladi:
- «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati (Kompaniya) mablag‘lari hisobidan 2 yilgacha muddatga, 3 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 6 foiz stavkada (shundan 2 foizi bank marjasi) bitta tadbirkor uchun ko‘pi bilan 5 mln AQSh dollari miqdorida;
- kreditning 50 foiziga, biroq 20 milliard so‘m ekvivalentidan oshmagan qismiga «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ tomonidan kafillik beriladi, qolgan qismi esa korxona tomonidan likvidli mol-mulk, sug‘urta polisi, eksport shartnomasi (kelgusidagi pul tushumlariga talab huquqi asosida) va/yoki boshqa turdagi ta’minot bilan qoplanadi;
- birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilishda hisob-kitob qilishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktyabrdagi PQ–304-son qarorining 6-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilmagan qismi hisobidan Kompaniya tomonidan «O‘zsanoateksport» AJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 40 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi;
- birja savdolarida mis xomashyosini xarid qilishda to‘lovning 25 foizi korxona tomonidan, qolgan 75 foizi esa «O‘zsanoateksport» AJ tomonidan 3 kun ichida amalga oshiriladi. Bunda bitta tadbirkorlik subyektining «O‘zsanoateksport» AJ oldidagi qarzdorligi 3 mln AQSh dollaridan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- korxonalar «O‘zsanoateksport» AJ oldidagi majburiyatini ta’minlash uchun sug‘urta polisi taqdim etadi;
- «O‘zsanoateksport» AJ tomonidan amalga oshirilgan 75 foizlik to‘lov korxonalar tomonidan 90 kun ichida qaytariladi. Bunda kechiktirib to‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun yillik 6 foiz stavkada foiz hisoblanadi.

