Dushanbeda sovrin jamgʻarmasi 500 ming dollar boʻlgan nardi turniri boshlandi
Dushanbeda International Backgammon Federation (IBF) shafeʼligida nard boʻyicha Asian Grand Prix 2026 xalqaro turniri boshlandi. Musobaqaning sovrin jamgʻarmasi 500 ming dollarni tashkil etadi. Turnirda 30 ta davlatdan 300 dan ortiq oʻyinchi ishtirok etmoqda. Tojikiston uchun bu nard boʻyicha bunday xalqaro darajadagi ilk turnirdir. Varzish TV xabariga koʻra, musobaqalar «Koxi Navruz» majmuasida boʻlib oʻtmoqda. Ishtirokchilar uchun […]

Dushanbeda sovrin jamgʻarmasi 500 ming dollar boʻlgan nard turniri boshlandi
Dushanbeda International Backgammon Federation (IBF) shafeligida nard boʻyicha Asian Grand Prix 2026 xalqaro turniri boshlandi. Musobaqaning sovrin jamgʻarmasi 500 ming dollarni tashkil etadi.
Musobaqada 30 ta davlatdan 300 dan ortiq oʻyinchi ishtirok etmoqda. Tojikiston uchun bu nard boʻyicha bunday xalqaro darajadagi ilk turnirdir.
Varzish TV xabar berishicha, bellashuvlar «Koxi Navruz» majmuasida boʻlib oʻtmoqda.
Asian Grand Prix 2026 yilda IBF Gran-prisining uchinchi bosqichi boʻldi. Bundan avvalgi turnirlar Toshkent va Tbilisida boʻlib oʻtgan edi.
Qisqa nard boʻyicha asosiy turnirda 300 nafargacha, uzun nard boʻyicha esa 150 nafargacha oʻyinchi ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilarning yoshi 22 dan 88 yoshgacha boʻlgan oraliqda. Eng yosh ishtirokchi 22 yoshli bolgariyalik Kalin Stefanov, eng keksasi esa 88 yoshli amerikalik Jon Rokvell boʻldi.
Turnir bilan bir vaqtda IBF oʻzining rasmiy mobil ilovasini taqdim etdi. U orqali foydalanuvchilar onlayn oʻynashlari, musobaqalarga roʻyxatdan oʻtishlari va reytinglarni kuzatib borishlari mumkin.
Asian Grand Prix 2026 turniri 11 oktyabrgacha davom etadi.

