Sport

Shaxmat. Javohir Sindorov "Saint Louis Rapid & Blitz 2026” turnirida qatnashmoqda

Shaxmat bo‘yicha "Grand Chess Tour" seriyasining navbatdagi bosqichi – "Saint Louis Rapid & Blitz 2026" turniri AQSHning Sent-Luis shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik Javohir Sindorov ham ishtirok etmoqda.

Musobaqada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari, jumladan, Fabiano Karuana (AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Anish Giri (Niderlandiya), Jorden van Forest (Niderlandiya), Levon Aronyan (AQSH), Uesli So (AQSH), Praggnanandxa Rameshbabu (Hindiston), Lener Dominges Peres (AQSH) va Avonder Liang (AQSH) kabi nomlar qatnashmoqda.

Kecha, xalqaro musobaqa dasturiga ko‘ra, rapid yo‘nalishida 3 ta tur o‘yinlari o‘tkazildi. Javohir Sindorov birinchi turda Anish Giri bilan oq donalarda durang o‘ynadi, ikkinchi turda Vinsent Keymer bilan qora donalarda durang qayd etdi. Uchinchi turda esa oq donalarda Jorden van Forestni mag‘lubiyatga uchratdi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu xalqaro turnirning dastlabki 3 ta turidan so‘ng Javohir Sindorov qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Hozirda 5 ochko to‘plagan Praggnanandxa Rameshbabu musobaqada yetakchilik qilmoqda. Uni 4 ochko bilan Uesli So va Javohir Sindorov ta’qib etmoqda. Bugun, 3-avgust kuni "Saint Louis Rapid & Blitz 2026" musobaqasining rapid yo‘nalishida 4- va 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Dasturga ko‘ra, 9 ta turdan iborat rapid musobaqalari 5-avgustga qadar davom etadi. Shundan so‘ng, 5-7-avgust kunlari 9 ta turdan iborat blits bahslari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, turnirda shaxmatchilar "Grand Chess Tour"ning muhim reyting ochkolari bilan birga, birinchi o‘rinni egallagan shaxmatchiga beriladigan 50 ming AQSH dollari uchun ham kurash olib borishadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.