Dunyo oʻgʻit bozorida qaysi mamlakatlar yetakchi?
2024-yilda jahon oʻgʻit eksporti ozuqa moddalari hisobida 113,3 million tonnadan oshgan. Uning yarmidan koʻpi Rossiya, Kanada, Marokash va Xitoy hissasiga toʻgʻri kelgan. Rossiya 23,2 million tonna koʻrsatkich bilan reytingda birinchi oʻrinni egallagan.

Dunyo oʻgʻit bozorida qaysi davlatlar yetakchi?
Naked Science nashrida keltirilgan Visual Capitalist infografikasi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti — FAOning 2024-yilgi maʼlumotlari asosida tayyorlangan.
Reyting azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar eksportini qamrab oladi. Unda hajmlar tayyor mahsulotning umumiy ogʻirligi bilan emas, balki uning tarkibidagi ozuqa moddalari miqdori bilan hisoblangan.
Eng yirik toʻrt eksportchi koʻrsatkichlari quyidagicha:
Oʻrin | Mamlakat | Eksport hajmi, ozuqa moddalari hisobida
1 | Rossiya | 23,2 mln tonna
2 | Kanada | 14,4 mln tonna
3 | Marokash | 12,2 mln tonna
4 | Xitoy | 10,1 mln tonna
Matnda AQShning oʻgʻit eksporti 6,4 million tonna, Qatarniki 2,5 million tonna, Belarusniki esa 2,4 million tonna ekani ham qayd etilgan.
Fermerlar oʻgʻitlardan tuproqdagi ozuqa moddalarini toʻldirish va ekinlar oʻsishini taʼminlash uchun foydalanadi. Ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarish esa mineral xomashyo konlari va energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatiga bogʻliq.

