Iqtisodiyot

Dunyo neft savdosi: eng yirik eksportchilar qaysi davlatlar?

2025-yilda AQSH neft va neft mahsulotlarining yalpi eksporti boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi. Mamlakatning kunlik eksport hajmi 10,7 million barrelni tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarni Saudiya Arabistoni va Rossiya band qilgan.

Dunyo neft savdosi: eng yirik eksportchilar qaysi davlatlar?

Hisob-kitoblarga xom neft, jumladan, gaz kondensati hamda neft mahsulotlari ham kiritilgan. Ko‘rsatkichlar yalpi eksportni ifodalaydi — ulardan import hajmi ayirilmagan. Shu bois umumiy hajmga reeksport va tranzitdagi neft ham qo‘shilishi mumkin.

Eng yirik besh eksportchi

Reytingdagi yetakchi davlatlarning kunlik eksport hajmi quyidagicha:

- AQSH — 10,7 million barrel;

- Saudiya Arabistoni — 7,9 million barrel;

- Rossiya — 6,6 million barrel;

- Kanada — 4,1 million barrel;

- Birlashgan Arab Amirliklari — 3,9 million barrel.

AQSH va Saudiya Arabistoni birgalikda dunyo neft eksportining qariyb choragini ta’minlagan. Dastlabki uch davlatning jami ulushi esa 33 foizga yetgan.

Nashr AQSHning yetakchiligini asosan slanets nefti qazib olishning tez rivojlanishi bilan izohlagan. Gorizontal burg‘ilash va qatlamni gidravlik yorish texnologiyalari zich tog‘ jinslaridan ko‘proq neft olish imkonini bergan. 2015-yilda neft eksportiga qo‘yilgan aksariyat cheklovlarning bekor qilinishi esa amerikalik ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishini kengaytirgan.

Reytingda neft mahsulotlari ham hisobga olingani sababli yirik neftni qayta ishlash va savdo markazlari yuqori o‘rinlarni egallashi mumkin. Niderlandiya va Singapurning yirik eksportchilar safida bo‘lishi qisman shu omil bilan izohlanadi.

Mintaqalar orasida Yaqin Sharq yetakchi

Yaqin Sharqning neft va neft mahsulotlari eksporti kuniga 22,4 million barrelni tashkil etgan. Bu jahon eksportining 29,2 foiziga teng.

Keyingi o‘rinda Yevropa bo‘lib, uning kunlik eksporti 16,1 million barrelga, jahon hajmidagi ulushi esa 21 foizga yetgan. Shimoliy Amerikada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 15,7 million barrel va 20,5 foizni tashkil etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.