«Demokratiya hech qachon uzil-kesil tayyor mahsulot boʻlmaydi». Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi zamonaviy demokratiyalar duch kelayotgan muammolar haqida
Xalqaro demokratiya kuni munosabati bilan «Gazeta» Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaar bilan zamonaviy demokratiyalar qanday muammolarga duch kelayotgani haqida suhbatlashdi. Biz, shuningdek, Oʻzbekistondagi islohotlar, OAV erkinligi va sudlarga boʻlgan ishonch muammosini ham muhokama qildik.

«Demokratiya hech qachon uzil-kesil tayyor mahsulot boʻlmaydi». IIning Oʻzbekistondagi elchisi zamonaviy demokratiyalar duch kelayotgan chaqiriqlar haqida
— Demokratiya — bu, eng avvalo, xalq hokimiyatidir. Men uchun bu mamlakat odamlari, fuqarolari oʻzlarini boshqaradiganlarni ham milliy, ham mahalliy darajada tanlay olishini anglatadi. Yaʼni, birinchi navbatda, demokratiya — bu oʻz yetakchilarini saylash, maʼlum vaqt oʻtgach esa boshqa yetakchilar kerak degan qarorga kelib, ularni saylash imkoniyatidir.
— Menimcha, bu juda koʻp omillar taʼsirining natijasidir. Shaxsan men demokratiyani, pirovardida, oʻziga xos tabiiy holatimiz, haqiqatda oʻzimiz xohlaydigan narsa deb hisoblayman. Chunki hatto «Bizga kuchliroq yetakchilar kerak, bizga bunchalik koʻp turli partiyalar kerak emas — ular haddan tashqari koʻp», deydiganlar ham amalda oʻsha kuchli yetakchilarni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishni xohlashadi.
Maʼlum vaqt oʻtgach esa ular boshqa kuchli yetakchilarni saylashni xohlab qolishadi. Shunday ekan, pirovard natijada ular ham demokratiyani xohlashadi.
Demokratiya haddan tashqari tartibsiz va juda murakkab boʻlib tuyulishi mumkin. Va men buni tushunaman. Yevropada va Amerika Qoʻshma Shtatlarida zamonaviy demokratiya shakllanayotgan paytda har bir partiya nimani yoqlab chiqayotgani ancha tushunarli edi. Sotsialistlar va sotsial-demokratlar ishchilar vakili boʻlib, ularning huquqlari uchun kurashgan. Konservatorlar oʻziga toʻq qatlamlar manfaatlarini ifodalagan, ehtimol, cherkovning kattaroq rol oʻynashini xohlagan va anʼanaviy qadriyatlarni yoqlab chiqqan. Liberallar esa koʻproq erkin tadbirkorlik tarafdori boʻlgan va, ehtimol, koʻproq kichik biznes vakili boʻlgan.
Bugungi Yevropada esa hamma narsa u qadar aniq emas. Biz juda koʻp narsalar boʻyicha kelishib olishga muvaffaq boʻldik: konservatorlar xodimlar huquqlarini himoya qilish kerakligiga, sotsialistlar esa biznes uchun yaxshi sharoitlar yaratish zarurligiga rozi boʻlishdi. Natijada partiyalar bir-biriga shunchalik yaqinlashib ketdiki, odamlar: «Xoʻsh, ularning oʻrtasida qanday farq bor oʻzi?» deb soʻray boshlashdi. Shundan soʻng ular haqiqatan ham ajralib turadigan, chinakamiga radikal va qatʼiy gapiradigan kimnidir izlaydilar. Bu oʻz mohiyatiga koʻra bir-biriga juda yaqin boʻlgan pozitsiyalardan koʻra ancha jozibaliroq eshitiladi.
Biroq, aytib oʻtganimdek, hatto kuchli yetakchi yoki radikal partiyani saylashni xohlaydiganlar ham bu tanlovni amalga oshirish, maʼlum vaqt oʻtgach esa boshqa odamlarni saylash imkoniyatiga ega boʻlishni istashadi. Shunday ekan, Uinston Cherchill aytganidek, demokratiya — qolgan barchalarini hisobga olmaganda, mavjud tizimlarning eng yomonidir.
— Bu qisman men yuqorida gapirgan narsadir. Baʼzi mamlakatlarda odamlar anʼanaviy partiyalar oʻrtasida u qadar katta farq yoʻqligini his qilishadi va shuning uchun radikal muqobillarni tanlashadi. Bu esa chaqiriqdir, chunki radikal takliflar yaxshi eshitiladi, lekin bu kuchlar oʻz siyosatini aynan qanday amalga oshirmoqchi ekanligini tushuna boshlaganingizda, ular u qadar yaxshi emasligi maʼlum boʻladi.
Ammo boshqa bir narsa ham bor: zamonaviy dunyo juda tez oʻzgarmoqda va baʼzi odamlar chetda qolib ketgandek his qilishmoqda. Ular anʼanaviy partiyalar oʻzlarining vakili ekanligini his qilishmayapti va: «Mana, men sizlar uchun hamma narsani tubdan oʻzgartiraman», deydigan radikallarni tinglashmoqda.
Bir tomondan, men radikal partiyalar — xoh oʻng, xoh chap boʻlsin — vaziyatni tubdan oʻzgartirishga qodir deb hisoblamayman. Ikkinchi tomondan, anʼanaviy konservativ, sotsialistik va liberal partiyalar uchun radikal kuchlarga ovoz berayotgan odamlar bilan gaplashish yoʻlini topish muhim deb hisoblayman.
Agar aholining anchagina qismi oʻta oʻng yoki oʻta chap partiyaga ovoz berayotgan boʻlsa, bu saylovchilarning barchasi albatta oʻta oʻng yoki oʻta chapchilar deb hisoblash notoʻgʻri. Bu unday emas. Ular shunchaki anʼanaviy partiyalar ularning vakili emasligini his qilishmoqda. Shu bois anʼanaviy partiyalar «bizning ovoz beradigan boshqa hech kimimiz yoʻq» deb hisoblayotgan odamlar bilan gaplashish yoʻlini topish uchun hali koʻp ish qilishlari kerak.
Koʻplab Yevropa mamlakatlarida bu bugungi kundagi asosiy chaqiriqlardan biridir: fuqarolar va siyosiy partiyalar oʻrtasidagi aloqa bir necha oʻn yillar oldingidek kuchli emas. Va biz umumiy maqsad tuygʻusini qayta tiklash yoʻllarini topishimiz kerak.
— Eng avvalo, menimcha, bu kabi mulohazalarning koʻpini Yevropa Ittifoqi qanday ishlashini haqiqatda tushunmaydigan yoki tushunishni xohlamaydigan odamlar ilgari suradi.
Oʻz mohiyatiga koʻra, YEI — bu 27 ta aʼzo davlatning birlashmasidir. Ularning davlat va hukumat rahbarlari muntazam ravishda uchrashib turadilar. Va pirovard natijada aynan aʼzo davlatlar Yevropa Ittifoqi faoliyat koʻrsatadigan qoidalarni belgilab bergan. Aynan ular bu qoidalarni oʻzgartirishi mumkin.
Albatta, siz aytganingizdek, demokratiya taqchilligi haqida gap-soʻzlar bor: goʻyo Yevropa Komissiyasi u yerda oʻz holicha nimadir qilayotgandek. Ammo Yevrokomissiyaga vakolatlarni oʻsha aʼzo davlatlar va ularning fuqarolari tomonidan saylangan hukumatlar bergan. Boshqacha aytganda, Yevropa Komissiyasining vakolatlari unga YEIning barcha 27 ta davlatining demokratik yoʻl bilan saylangan hukumatlari tomonidan berilgan. Bu demokratiya taqchilligi emas.
Agar migratsiya haqida gapiradigan boʻlsak — bu, albatta, jiddiy bahs-munozaralar mavzusi, — u aslida Yevropa Komissiyasiga aloqador emas. Bu masala aʼzo davlatlarning qoʻlida: aynan ular umumiy siyosat boʻyicha kelishib oladilar.
Biroq bu yerda bir muammo bor. Aʼzo davlatlarning siyosatchilari koʻpincha uylariga qaytib: «Bryussel shunday qaror qildi» yoki «Bryussel buni hal qildi», deyishadi. Ammo hech qanday mavhum «Bryussel» mavjud emas. Bu yo aʼzo davlatlar unga shunday vakolatlar bergani uchun nimadir qilayotgan Yevropa Komissiyasi, yoki aʼzo davlatlar vakillarining — masalan, Bryusselda u yoki bu formatda uchrashgan vazirlarning birgalikdagi qaroridir.
Yana qaytaraman: bu qandaydir mavhum Bryussel emas. Bu aʼzo davlatlar nimadir qilish kerak deb qaror qilganidir. Ammo baʼzi qarorlar u qadar ommabop boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun «Men oʻz mamlakatim vaziri sifatida ushbu qarorni qabul qilishda ishtirok etdim va masʼuliyatni oʻz zimmamga olaman» deyishdan koʻra, «Buni Bryussel qildi» deyish osonroq.
Lekin, takror aytaman, bu yerda real demokratiya taqchilligi yoʻq. Va aʼzo davlatlar siyosatchilari uchun goʻyo shunday taqchillik bordek taassurot yaratmaslik muhim, chunki bu ommabop, ammo notoʻgʻri narrativni oziqlantiradi.
— Menimcha, 70 yillik sovet diktaturasi, keyin esa mustaqil Oʻzbekiston uchun oson boʻlmagan 25 yildan soʻng, islohotlar bir kunda amalga oshib qolmaydi. Eng muhimi, haqiqatan ham koʻp ishlar qilindi. Va eng muhimi, islohotlar jarayoni davom etishi, rivojlanish yoʻnalishida harakat qilishi kerak.
Siz aytib oʻtganingizdek, men estoniyalikman. Va shuni ayta olamanki, Estoniyada 1980-yillarning oxiri — 1990-yillarning boshlarida sodir boʻlgan voqealardan juda mamnunman. Oʻshanda bizda barqarorlikni taʼminlagan davlat tizimini yaratgan rahbarlar bor edi. Bu tizim qandaydir aniq bir shaxsga emas, balki mamlakatga har qanday alohida odamdan uzoqroq yashaydigan va uzoq muddatli barqarorlikni taʼminlaydigan davlat tuzilmasi kerakligini tushunishga asoslangan edi.
Menimcha, bu eston rahbarlarining juda muhim va juda oqilona qadami edi — oʻshanda yaratilgan institutlar hozirgacha ishlab turibdi.
Oʻzbekistonda ham tizimlarni barpo etish zarurligi haqida gapirilmoqda. Pirovard natijada, uzoq muddatli istiqbolda har qanday davlat uchun eng muhimi — bir kishiga bogʻliq boʻlmagan, balki mamlakat va uning xalqiga barqarorlik, xavfsizlik va farovonlikni taʼminlaydigan mustahkam davlat tuzilmasiga, davlat tizimiga ega boʻlishdir.
— Menimcha, eng avvalo, bu savolni Oʻzbekiston fuqarolariga yoʻllagan boʻlardim. Oxir-oqibat, agar demokratiya — xalq tomonidan va xalq uchun yaratilgan tizim degan dastlabki gʻoyaga qaytadigan boʻlsak, unda Oʻzbekiston fuqarolarining fikrini eshitish muhim: ularning fikricha, vaziyat qanday rivojlanmoqda va u qanday rivojlanishi kerak.
Albatta, kuzatuvchi sifatida men oʻz qarashlarim va fikrlarimga ega boʻlishim mumkin. Va men haqiqatan ham oldinga harakat qilish, 2017 yilda boshlangan islohotlarni davom ettirish juda muhim deb hisoblayman.
Ammo pirovard natijada, hamma narsa qanchalik yaxshi va toʻliq bajarilganini hamda hali yana qancha ish qilinishi kerakligini koʻp jihatdan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻzlari baholashlari kerak. Va ularda mamlakat rahbariyati bilan muloqot qilish imkoniyati boʻlishi kerak, toki fuqarolar va siyosiy rahbariyat bir toʻlqinda boʻlsin.
— Birinchi navbatda, biz Yevropa Ittifoqi tomonidan Qoraqalpogʻistondagi voqealar toʻgʻrisidagi maʼruzani oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishni juda istardik. U haligacha toʻliq eʼlon qilingani yoʻq va menimcha, bu juda muhim boʻlar edi.
Bu ogʻir voqealar edi. Va Yevropa Ittifoqi tomonidan biz doimo shuni aytganmizki, bu holatda ham, boshqa barcha holatlarda ham adolat nafaqat qaror topishi, balki odamlar uning qaror topganini koʻrishlari va bunga ishonishlari muhimdir.
Shu bois, hukmlar qanday chiqarilgani va sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish kerakmi-yoʻqmi degan masala — oʻrinli savol. Menimcha, ushbu voqealar yetkazgan jarohatlarni milliy darajada davolash imkoniyati paydo boʻlishi muhim. Va men bu kun tartibida boʻlishiga juda umid qilaman.
Biz bu masalalarni koʻtarishda davom etamiz, chunki hamma narsaga ham javob berilmagan deb hisoblaymiz. Va eng avvalo, albatta, aytib oʻtganimdek, voqealar haqidagi maʼruza eʼlon qilinmadi. Menimcha, agar u oshkor qilinsa, yaxshi boʻlar edi.
— Bundan bir necha kun oldin men bir guruh ayol jurnalistlar bilan uchrashdim. Va ular bilan suhbatda men ham muhim bir masalani koʻtardim: jurnalistlar oʻz ishlarini erkin — hech qanday qoʻrqitishlarsiz, oqibatlardan xavfsiramasdan bajarish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
Albatta, har bir kishi — u kamroq yoki koʻproq taʼsir doirasiga egami — oʻz shaʼnini himoya qilish huquqiga ega. Bu mutlaqo toʻgʻri va istalgan mamlakat uchun adolatlidir. Masala buning aynan qanday sodir boʻlishida.
Jurnalistlar, shubhasiz, oʻz ishlariga masʼuliyat bilan yondashishlari va faktlarni yetkazayotganliklarini kuzatib borishlari kerak. Lekin jurnalistlar bu faktlarni kimdir ularni qoʻrqitishidan xavotir olmasdan yetkaza olishlari ham xuddi shunday muhim — u taʼsirli shaxsmi yoki yoʻqmi, kim boʻlishidan qatʼi nazar.
Va bu borada, menimcha, Oʻzbekistonda hali qilinadigan ishlar koʻp. Mamlakatdagi OAV bilan bogʻliq vaziyatdan xabardor boʻlishimcha, afsuski, baʼzida jurnalistlar u yoki bu mavzuni qoʻlga olmaslikni afzal koʻrishadi, chunki bu ular uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin deb oʻylashadi. Yoki material chop etilgandan keyin ularga nisbatan adolatsiz bosim oʻtkaziladi.
Menimcha, shuni tushunish muhim: erkin va joʻshqin matbuot kuchliroq jamiyat barpo etish uchun juda foydalidir. Erkin va ochiq OAV qaror qabul qiluvchilar uchun ayon boʻlmagan muammolarni yuzaga chiqaradi. Ular kimdir yashirishni xohlayotgan narsani aniqlashi mumkin. Ular ilgari yetarlicha eʼtibor berilmagan masalalarga diqqatni jalb qilishi mumkin.
Erkin OAV — kuchli, farovon va erkin mamlakat barpo etishda juda muhim sherikdir. Bu qadrlanishi va qoʻllab-quvvatlanishi kerak boʻlgan narsadir. Va bu maʼnoda, menimcha, Oʻzbekistonda hali qilinadigan ishlar bor.
— Menimcha, eng avvalo, bu savolni ushbu qonunni yoqlab ovoz bergan va uni qabul qilgan Oʻzbekiston parlamenti aʼzolariga yoʻllash kerak.
Davlatni turlicha barpo etish va tashkil qilish mumkin. Kuchli parlamentga ega mamlakatlar bor, kuchli prezidentga ega mamlakatlar bor, gibrid tizimli davlatlar bor. Shu bois, bu maʼnoda aynan shu yerda, Toshkentda qaror qabul qiluvchilar qanday davlat tuzilishi tizimini afzal koʻrishlarini va qanday mexanizmlarni qoʻllab-quvvatlashlarini belgilashlari kerak.
— Biz Oʻzbekistonni juda turli yoʻnalishlarda qoʻllab-quvvatlaymiz. Hamkorlikning muhim qismi qishloq xoʻjaligi boʻldi. Biz ijtimoiy xizmatlar, atrof-muhitni muhofaza qilish va, albatta, keng maʼnoda tegishli boshqaruv sohasida — xoh u korruptsiyaga qarshi kurash boʻlsin, xoh, masalan, hozir biz gapirayotgan hududiy rejalashtirish boʻlsin — koʻmak koʻrsatdik.
Hududiy rejalashtirish sohasida biz Oʻzbekistondagi rahbarlarga sifatliroq qarorlar qabul qilishda yordam berishga harakat qilyapmiz: nima va qayerda joylashishi kerakligini — yoki toʻgʻrirogʻi, qanday infratuzilma va qayerda allaqachon joylashganini, — shaharlarni qanday samaraliroq qurish va qanday samaraliroq loyihalashtirishni tushunishda.
Qisqacha aytganda, biz Oʻzbekistonning yanada barqaror va kuchli davlatga aylanishiga yordam berish ustida ishladik. Bunda biz davlat tuzilmalariga ham, fuqarolik jamiyatiga ham yordam beryapmiz. Biz, shuningdek, tabiiy resurslarni boshqarish — ham agrar sohada, ham undan tashqarida — samaraliroq boʻlishi va bu resurslardan yaxshiroq foydalanilishi uchun atrof-muhit va qishloq xoʻjaligiga ham eʼtibor qaratyapmiz.
Hozir bizni, albatta, Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish va yaxshilash ham juda qiziqtiradi. Bu Global Gateway dasturi doirasida oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlashni anglatadi — xoh u Transkaspiy transport yoʻlagi boʻlsin, xoh sifatliroq sunʼiy yoʻldosh infratuzilmasi va sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirish boʻlsin.
— Eng avvalo, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash orqali biz sheriklar sifatida ikkala tomon ham demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligini qadrlashini hamda bu ikkala tomon uchun ham muhim tamoyillar ekanligini maʼlum qildik.
Allaqachon mavjud boʻlgan hamkorlik doirasida biz inson huquqlari va qonun ustuvorligi boʻyicha muntazam ravishda muloqot olib boramiz. Bundan tashqari, bizda GSP+ dasturi bor boʻlib, uning doirasida Yevropa Ittifoqi oʻzbek tovarlariga Yevropa bozoriga imtiyozli kirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda biz Oʻzbekistondan inson huquqlari, mehnat huquqlari, ekologik huquqlar va boshqa masalalarga oid bir qator BMT konventsiyalarini bajarishini kutamiz.
GSP+ doirasida muntazam ravishda monitoring oʻtkaziladi. Uning natijalari eʼlon qilinadi va ochiq foydalanishda boʻladi. Yaʼni Oʻzbekistondagi istalgan kishi ularni oʻqishi, oʻrganishi va YEI mamlakatdagi vaziyat rivojini oʻtgan davr mobaynida qanday baholaganini koʻrishi mumkin. Va, albatta, ushbu sharh natijalari Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi muloqotimiz uchun asos boʻladi.
— Ha, menimcha, siz juda muhim masalani koʻtardingiz. Yevropalik investorlar, shuningdek, Katta yettilik (G7)ning boshqa mamlakatlari va boshqa gʻarb demokratiyalari — masalan, Avstraliya yoki Yangi Zelandiya investorlari — u yerga mablagʻ kiritish-kiritmaslikni hal qilishda muayyan mamlakatdagi qonun ustuvorligi holatiga qaraydilar.
Va gap nafaqat kompaniya rahbariyati muayyan mamlakatga investitsiya kiritishni xohlashida. Kompaniya aktsiyadorlari bu haqiqatan ham oʻz pullarini kiritishni xohlaydigan mamlakat deb hisoblashlari ham muhimdir. Shu bois qonun ustuvorligi — va odamlar uning holatini qanday qabul qilishlari — gʻarb investorlari tomonidan qaror qabul qilishda juda muhim omil hisoblanadi.
Oʻzbekistonda u qadar koʻp yevropalik kompaniyalar ishlamayapti — har holda, men xohlagan darajada koʻp emas. Va menimcha, bu koʻplab kompaniyalar Oʻzbekistonga kelish uchun hali ham oʻzlarini yetarlicha ishonchli his qilmayotganliklarining koʻrsatkichidir. Ularni ishontirish uchun hali ishlash kerak.
Yuqoridagi savollardan biriga bergan javobimda aytganimdek, qonun ustuvorligi sohasida nafaqat hamma narsani toʻgʻri qilish, balki odamlar hamma narsa toʻgʻri qilinayotganini koʻrishlari ham muhimdir. Bu esa shaffoflikni anglatadi. Bu sud jarayonlaridan foydalanish imkoniyatini anglatadi. Bu apellyatsiya tartib-taomillari ham shaffof boʻlishi kerakligini anglatadi.
Koʻp jihatdan bu qabul qilish masalasidir. Bizda istalgan eng yaxshi qonunlar boʻlishi mumkin. Ammo odamlarda baribir nimadir u qadar toʻgʻri emas degan tuygʻu qolsa, bu muammo — va u bilan shugʻullanish kerak.
Aytilgandek, mijoz hamisha haq. Xuddi shu narsa fuqaroga ham tegishli. Pirovard natijada, aynan fuqaro oʻzini ishonchli his qilyaptimi, hukumat yoki sud qarorlarini adolatli va qonuniy deb hisoblaydimi — oʻzi hal qilishi kerak.
Aynan fuqaro yakuniy bahoni berishi kerak. Va agar inson ishlar u qadar toʻgʻri emasligini his qilsa, demak, hal qilinishi kerak boʻlgan muammo bor.
— Men bir oz boshqacharoq nuqtai nazardan misol keltiraman — Afgʻoniston, Oʻzbekistonga qoʻshni boʻlgan, ammo mutlaqo boshqacha vaziyatda turgan mamlakat.
Afgʻoniston vaziyatida Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar muayyan paytda qaror qilishdi: biz «Tolibon» bilan u maʼlum shartlarni bajarmaguncha hamkorlik qilmaymiz. Va, albatta, toliblar ayollar va qizlarni kamsitishda davom etar ekan, biz ular bilan ish olib borishni xohlamaymiz.
Bu bir yondashuv. Boshqa bir yondashuv esa: «Biz toliblarni oʻzgarishlarga undash uchun ular bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Shunda ularda yoʻqotadigan narsa boʻladi va ularga taʼsir oʻtkazish imkoniyati paydo boʻladi», deyishdir. Bu Afgʻoniston bilan bogʻliq juda oʻziga xos misol, ammo xuddi shu mantiq boshqa koʻplab vaziyatlarda xalqaro munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Menimcha, odamlarning mutlaq koʻpchiligi AQSh va Gʻarbning 1970-yillar boshida Xelsinki Yakuniy akti imzolanishiga erishish uchun Sovet Ittifoqi bilan muloqotga kirishish qarorini toʻgʻri deb hisoblaydi. U odamlarga muayyan huquqlarni kafolatladi va yakunda Xelsinki qoʻmitalarining, jumladan Sovet Ittifoqida ham paydo boʻlishiga olib keldi. Bu qoʻmitalar aktda mustahkamlangan huquqlarga rioya qilinishini talab qildi. Va bu Sovet Ittifoqi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishdan koʻra toʻgʻriroq qaror edi.
Menimcha, demokratik davlatlarning toʻlaqonli demokratiyaga qarab maʼlum bir yoʻlni bosib oʻtishi kerak boʻlgan mamlakatlar bilan hamkorligi turli sharoitlarda ushbu mamlakatlarning yanada ochilishiga va qadriyatlarning tarqalishiga yordam berdi.
Shaxsan men Yevropa Ittifoqi uchun dunyoning barcha mamlakatlari bilan ishlash muhim deb hisoblayman. Lekin men, shuningdek, biz uchun qadriyatlarimizni taʼkidlash, biz uchun muhim boʻlgan sohalarga — xoh u OAV, fuqarolik jamiyati, mehnat huquqlari yoki boshqa masalalar boʻlsin — eʼtibor qaratishni talab qilish muhim deb hisoblayman.
Men bu yondashuvlarni bir-birini istisno etuvchi deb hisoblamayman. Aksincha, ular bir-birini toʻldiradi. Taʼsir vositalariga va nimanidir oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun hamkorlik qilish, muloqot olib borish muhim.
Va pirovard natijada, men boshida aytganimdek, turli jamiyatlar va mamlakatlar duch kelishi mumkin boʻlgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, demokratiya — eng yaxshi tizimdir. Bu biz dunyoning barcha xalqlari bilan umumiy yoʻlga ega ekanligimizni anglatadi. Va biz demokratiya barchamizga qanday foyda keltirishi haqida umumiy tushunchaga ega boʻlish uchun birgalikda ishlashda davom etishimiz kerak.
— Menimcha, uzil-kesil tayyor mahsulot sifatida demokratiya mavjud emas. Agar Yevropaga qaraydigan boʻlsak, 1970—1980-yillarda gʻarbiy yevropa demokratiyasi, ehtimol, boʻlishi mumkin boʻlgan darajada yaxshi edi, deyish mumkin edi. Hozir esa bizda muayyan qiyinchiliklar paydo boʻldi.
Bu bir marta va butunlayga erishilgan barqarorlik mavjud emasligini anglatadi. Doimiy ravishda ishlash, yuzaga kelayotgan muammolarni doimiy ravishda hal qilib borish kerak.
Demokratiyaning mohiyati aynan shundaki, qaror qabul qiladigan va qabul qilishi kerak boʻlgan odamlar oʻzlarini tizimning bir qismi sifatida his qilishlarini doimo kuzatib borish kerak. Toki ular birgalikda ushbu nomukammal, ammo baribir yaxshi tizimni qurishda davom etishni xohlashsin.

