Mahalliy

Dam olish kunlari ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shanba kuni Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida, yakshanbada esa Farg‘ona vodiysi hamda poytaxtda biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda.

Juma kuni O‘zbekiston hududi bo‘ylab kam bulutli va iliq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzgi havo harorati +17…+22 darajagacha ko‘tariladi.

Shanba kuni Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, kechga tomon esa Toshkent viloyatining ayrim joylarida, 1-noyabrda kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asosan kechalari +5…+10 daraja, shimolda 0…+5 daraja, kunduz kunlari esa +17…+22 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi.

Toshkent shahrida 30−31-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-noyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +8…+10 daraja, kunduz kunlari +20…+22 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.