Mahalliy

Yakshanba kuni harorat 2−3 darajaga ko‘tarilishi mumkin

Dam olish kunlari havo biroz bulutli, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Faqat vodiy viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +28…+35 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni 2−3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni harorat 2−3 darajaga ko‘tarilishi mumkin

Dam olish kunlari respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, shimol va tog‘larda esa o‘zgaruvchan bo‘lishi kutiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi.

Juma kuni kunduzgi paytda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida hamda respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Shanba kuni harorat fonida deyarli o‘zgarish bo‘lmaydi, respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +28…+33 daraja, janubda +35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida esa +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari va erta tongda +13…+18 daraja bo‘ladi.

6-sentabr, yakshanba kuni harorat 2−3 darajaga oshishi kutilmoqda.

4−5-sentabrda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayadi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati juma kuni kunduz +30 daraja, shanba kuni +30…+32 daraja, yakshanba kuni +32…+34 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +16…+18 daraja bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.