Mahalliy

Yakshanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni O‘zbekistonda ob-havo quruq bo‘ladi va harorat +32 darajagacha isiydi. Kechqurun g‘arbiy hududlarga nam havo kirib keladi va yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, janubiy hamda markaziy hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent va vodiy viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

9−10-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Havo harorati kechalari asosan +10…+15 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja, janubiy va cho‘l hududlarda esa ayrim joylarda +29…+32 darajagacha ko‘tariladi.

10-oktabr kuni kechqurun respublikaning g‘arbiy hududlariga nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

11-oktabr, yakshanba kuni nam havo massalari O‘zbekistonning qolgan hududlariga ham tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida cho‘l hududlarda va respublikaning janubida, kechqurun esa markaziy hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Aksariyat viloyatlarda iliq ob-havo davom etadi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida harorat +18…+23 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda 9−11-oktabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11-oktabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +13…+15 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.