Bugun O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa vaqti-vaqti bilan chang-to‘zonlar bilan birga 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 27-32 daraja, janubda esa 35 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22 daraja bo‘ladi.

