Texnologiya

Citroën 2CV xetchbekini taqdim etdi

Afsonaviy Citroën 2CV oʻzining ilk modeli paydo boʻlganidan deyarli 80 yil oʻtib zamonaviy qiyofada qayta jonlandi. Fransuz kompaniyasi yigʻiladigan tom, yumaloq faralar va minimalist interyerga ega ixcham elektromobilni namoyish qildi.

Citroën 2CV xetchbekini namoyish etdi

Parij avtosalonida Citroën kompaniyasi afsonaviy 2CV ruhida yaratilgan shahar elektr avtomobili konseptini taqdim qildi. Yangi model asl nusxadan ham ixchamroq bo‘lib chiqdi. Elektromobilning uzunligi 3,7 metrni tashkil etadi, tarixiy o‘tmishdoshi esa 3,8 metr bo‘lgan. Avtomobil vazni taxminan 1 ming kg.

Konseptning tashqi dizaynida klassik 2CV modeliga xos belgilar saqlab qolingan: alohida o‘rnatilgan yumaloq faralar, bo‘rtib turuvchi oyna tozalagichlar va yig‘iladigan matoli tom. Shu bilan birga, avtomobil LED optika, 19 dyuymli po‘lat disklar va qora rangdagi orqa eshik bilan jihozlangan. Kuzov panellari imkon qadar sodda ishlangan, bamperlar esa ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish maqsadida bo‘lakli qilib tayyorlangan.

Saloniga komiks uslubidagi grafikaga ega 8 dyuymli sensorli ekran o‘rnatilgan. Shu bilan birga, funksiyalarning bir qismi jismoniy tugmalar orqali boshqariladi. Yana bir o‘ziga xos jihati — portativ dinamik sifatida ham ishlatish mumkin bo‘lgan yechiladigan Radioën radiosi.

Dvigatelning texnik xususiyatlari va yurish zaxirasi hozircha oshkor etilmadi. Citroën elektromobil ishlab chiqarishni Yevropada yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Seriyali versiyaning taqdimoti 2028-yilga — original Citroën 2CV modelining 80 yilligiga mo‘ljallangan. Yangi modelning taxminiy narxi 15 ming yevro (2026-yil oktabr holatiga ko‘ra taxminan 200 mln so‘m) bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.