Audi kompaniyasi A2 modelini elektromobilga aylantirdi
Audi A2 e-tron oʻta kam energiya sarfi va rekord darajadagi aerodinamik qarshilik koʻrsatkichi bilan nemis brendi tarixidagi eng samarali avtomobilga aylandi.

Audi kompaniyasi A2 modelini elektromobilga aylantirdi
Yangi model avvalgi avtomobilga xos belgilarni — burchaksimon kuzov va ikki qismli orqa oynani — saqlab qolgan.
Audi A2 2000-yildan 2007-yilgacha ishlab chiqarilgan. U kam quvvatli, hajmi 1,2 dan 1,4 litrgacha bo‘lgan benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan, faqat old g‘ildiraklari tortadigan xetchbek edi.
Audi kompaniyasi A2 e–tron brend tarixidagi eng samarali seriyali avtomobil ekanini aytmoqda. Optimal komplektatsiyada uning energiya sarfi 100 km uchun 12,8 kVt⋅soatni tashkil etadi, WLTP sikli bo‘yicha maksimal yurish masofasi esa 645 km ga yetadi.
Muhandislar bunga faqat juda katta batareya o‘rnatish orqali erishmagan. Avtomobilning aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti 0,24 ga teng. Bunday natijaga yopiq tub, havo olgichning faol to‘sig‘i, aerodinamik g‘ildirak disklari va g‘ildirak arkalaridagi turbulentlikni kamaytiruvchi unsurlar yordamida erishilgan.
Hatto eshik tutqichlari ham samaradorlik uchun kurashga hissa qo‘shadi. Ular ustunlar asosidagi buriluvchi mexanizmlar bo‘lib, yengil tortilganda eshikni mexanik tortqisiz, elektr uzatma orqali ochadi. Audi elektr tizimi ishdan chiqqan holatlar uchun zaxira energiya manbaiga ega.
A2 e–tron faqat orqa g‘ildiraklar yordamida harakatlanadi, unda Quattro tizimi yo‘q. Uch xil batareya va to‘rt xil quvvat darajasi mavjud:
Katta batareyali avtomobillarda o‘zgarmas tok bilan tezkor quvvatlash funksiyasi qo‘llab-quvvatlanadi — quvvati 183 kVt gacha bo‘lib, 10% dan 80% gacha 29 daqiqada to‘ladi. Kichikroq batareyalarda quvvat 100 kVt bilan cheklanadi, biroq sig‘imi kamroq bo‘lgani sababli ular 24 daqiqada to‘ladi.

