Dunyo

China Eastern Airlines kompaniyasi sobiq rahbari poraxörlik uçun qamaldi

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasining sobiq rahbari 10 million dollardan ortiq pora olgani uçun 14 yilga qamaldi. Sud unga 600 ming dollar jarima ham tayinladi.

China Eastern Airlines kompaniyasining sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun qamaldi

Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi boshqaruvining sobiq raisi Lyu Shaoyun 67,5 million yuandan (taxminan 10 million dollar) ortiq pora olgani uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Qamoq jazosidan tashqari, sud Lyu Shaoyunga 4 million yuan (taxminan 600 ming dollar) miqdorida jarima ham belgiladi. Noqonuniy yo‘l bilan olingan mablag‘lar va ularga hisoblangan foizlar musodara qilinib, davlat hisobiga o‘tkazildi.

Sud aniqlashicha, Lyu Shaoyun 2002-yildan 2023-yilgacha China Eastern Airlines va China Southern Airlines aviakompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan davrida tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarga biznes yuritish, shartnomalar tuzish va aviaqatnovlarni boshqarishda yordam bergan. Buning evaziga u jami 67,5 million yuandan ortiq miqdorda pora olgan.

Hukm chiqarishda sud Lyu hibsga olinganidan so‘ng o‘z jinoyatlarini tan olgani, tergovga avval noma’lum bo‘lgan holatlar haqida ma’lumot bergani, aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgani, shuningdek, noqonuniy olingan mablag‘larni qaytarganini inobatga oldi. Ushbu holatlar jazoni yengillashtirishga asos bo‘ldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.