Dunyo

Xitoyda bitta vokzal bir kunda million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

Xitoyning Guanchjou janubiy vokzali 1-oktabr kuni bir million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, yangi rekord qayd etdi. Tigʻiz vaqtlarda yuqori tezlikdagi poyezdlarni joʻnatish oraligʻi 40 soniyagacha qisqargan.

Xitoyda bir vokzal bir kunda million yoʻlovchiga xizmat qildi

Naked Science nashri South China Morning Post maʼlumotlariga tayangan holda yozishicha, yoʻlovchilar oqimining keskin ortishi Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan kun munosabati bilan bayram safarlariga talab kuchaygani bilan izohlanadi.

Mamlakatdagi eng yirik temiryoʻl tugunlaridan biri sanaladigan Guanchjou janubiy vokzali bir sutkada 1252 ta poyezdga xizmat koʻrsatgan. Bu 24 soat ichida oʻrtacha har soatda 52 tadan ortiq poyezd degani.

Eng tigʻiz vaqtlarda poyezdlarni joʻnatish oraligʻi 40 soniyagacha qisqargan. Ushbu koʻrsatkich vokzal miqyosidagi qatnovlarga tegishli.

Oʻsha kuni Xitoy temiryoʻl tarmogʻida ham rekord qayd etilgan — bir sutkada 25,2 million yoʻlovchi qatnovi amalga oshirilgan.

China State Railway Group davlat temiryoʻl korporatsiyasi sentabr oxiridan oktabr boshigacha boʻlgan davrda jami 284 million yoʻlovchi qatnovini kutgan. Bu raqam alohida odamlar sonini emas, balki amalga oshiriladigan safarlar sonini bildiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.