Mahalliy

Buxoroda yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilgani sababli yonilgʻi ombori faoliyati toʻxtatildi. Video

Buxoroda yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilgani sababli yonilgʻi-moylash materiallari ombori faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Video

Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvdan soʻng, Buxoroda yonilgʻi-moylash materiallarini saqlash ombori faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Obʼyektda yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlandi.

FVV maʼlum qilishicha, rezervuarlar tuproq toʻsiq (obvalovaniye) bilan jihozlanmagan, quvurlardan yonilgʻi-moylash materiallari sizib chiqqan, elektr kabellaridan esa talablar buzilgan holda foydalanilgan. Bundan tashqari, rezervuarlar orasidagi masofa loyihaga mos kelmagan, soʻruvchi nasoslar qoʻlbola usulda oʻrnatilgan, barcha oʻnta sigʻimda esa nafas olish klapanlari mavjud boʻlmagan.

Ombor faoliyati masʼul shaxslar tomonidan barcha aniqlangan qoidabuzarliklar toʻliq bartaraf etilganidan keyingina qayta tiklanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.