Mahalliy

Buxoroda 14 kunlik chaqaloqning oshqozonidan to‘g‘nog‘ich olib tashlandi

Chaqaloq tanasiga tig‘ tegdirilmadi

Buxoroda 14 kunlik chaqaloqning oshqozonidan to‘g‘nog‘ich olib tashlandi

Buxoroda shifokorlar 14 kunlik chaqaloqning oshqozonidan to‘g‘nog‘ichni jarrohlik kesishisiz olib tashlashdi.

Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori Jo‘rabek Choriyevning ma’lum qilishicha, 14 kunlik chaqaloq tinimsiz qusish va bezovtalik alomatlari bilan shifoxonaga olib kelingan. Rentgen tekshiruvi natijasida chaqaloq oshqozonida yot jism borligi aniqlangan. Tibbiyot xodimlari maxsus endoskopik asboblar yordamida to‘g‘nog‘ichni hech qanday jarrohlik kesishsiz, qon ketishisiz olib tashlashgan. Amaliyot 10-15 daqiqa davom etgan.

Shifokorning aytishicha, hozir chaqaloqning ahvoli yaxshi, hayotiy ko‘rsatkichlari me’yorda — shu kuniyoq uyiga javob berilgan. Bolaning yaqinlari tibbiyot xodimlariga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

Mutaxassis ota-onalarni chaqaloqlar xavfsizligiga yanada e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

«Atrofidagi buyumlar, mayda narsalar bolalar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini unutmang!», — dedi Jo‘rabek Choriyev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.