Mahalliy

Buxoroda 10,8 kilodan ortiq giyohvandlik moddalari musodara qilindi: bir qismi Kogonda yashirilgan

Buxorodagi xonadonda narkolaboratoriyadan 6,65 kg “spays” sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi. U yerda tayyorlangan yana 4,2 kg narkotik Kogondagi 21 ta manzilga yashirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. 2 kishi qo‘lga olindi, sxemaning boshqa ehtimoliy ishtirokchilarini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Buxoroda 10,8 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalari musodara qilindi, ularning bir qismi Kogonda yashirilgan

Buxoro shahridagi xonadonlardan birida yashirin narkolaboratoriya aniqlanib, u yerdan katta miqdordagi “spays” sintetik giyohvandlik vositasi olib qo‘yildi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Tezkor tadbir chog‘ida ikki nafar shaxs ushlangan. Taqiqlangan moddalar Telegram’dagi narkodo‘kon orqali tarqatib kelingani aytilmoqda.

Xonadondan 16 ta o‘ramga joylangan 6,65 kg giyohvandlik moddasi, shuningdek, 36 ta SIM karta, respiratorlar, qadoqlash xaltachalari va boshqa ashyoviy dalillar topilgan.

Shu xonadonda tayyorlangan yana 4,2 kg giyohvandlik moddasi Kogondagi 21 ta manzilga o‘ramlarda yashirib qo‘yilgani aniqlangan.

Bojxona qo‘mitasi hisob-kitobiga ko‘ra, musodara qilingan jami 10,85 kg narkotik 32,5 mingdan ortiq dozaga yetishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jinoiy sxemaning sirtda qolgan sirdoshlari va boshqa a’zolarini aniqlash bo‘yicha operatsiya davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.