Mahalliy

Buxorodagi «sirli» giyohvandlik tarmog‘i fosh etildi

Qo‘lga olingan shaxsning ko‘rsatmalari asosida hududdagi xilvat joylar ham tekshirilgan. Natijada yana 29 ta paketda

Buxoroda giyohvand moddalarning yirik tarmog‘i fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurlayev «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

«Qoradori-2024» tadbiri doirasida giyohvand moddalarni tarqatishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Buxoro shahrining G‘ijduvon ko‘chasida shubhali harakatlari bilan e’tiborni tortgan fuqaro to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilgan. Uning yonidan sotish maqsadida saqlangan, ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi 2,87 gramm bo‘lgan «Srice» sintetik giyohvand moddasi topilgan.

Tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu modda gumonlanuvchiga tanishi tomonidan yetkazib berilgani aniqlandi. Shu kuni davom ettirilgan tezkor tadbirda uning sherigi 1,5 million so‘m evaziga «Alpha-PVP» va «Srice» moddalarini sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tergov-tezkor tadbirlari davomida Buxoro tumanidagi «Nometan» mahallasi hududida «Cobalt» avtomashinasi to‘xtatildi. Tekshiruv chog‘ida avtomobilning yo‘lovchi o‘rindig‘i ostidan 77 ta maxsus paketga qadoqlangan, umumiy og‘irligi 457,1 gramm bo‘lgan «Srice» topildi.

Qo‘lga olingan shaxsning ko‘rsatmalari asosida hududdagi xilvat joylar ham tekshirildi. Natijada yana 29 ta paketda 142,9 gramm giyohvandlik vositasi yashirib qo‘yilgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Telegram messenjeridagi maxsus bot orqali «zakladchik» sifatida faoliyat yuritgan. U umumiy og‘irligi 602,7 gramm bo‘lgan giyohvandlik vositalarini Buxoro viloyatidan Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlariga tarqatishni rejalashtirgan. Mazkur «partiya»ning qora bozordagi taxminiy qiymati 843 million so‘mga yaqin ekani ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi 5-qismi, «zakladchik»ga nisbatan esa 273-modda, 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.