«Biz uruş sababli yutqazdik». Oq uy maʼmuriyatida böliniş boşlandimi?
AQŞ vitse-prezidenti J.D. Vens respublikaçilarning oraliq saylovlardagi mağlubiyatida oçiqçasiga Eron bilan uruşni aybladi. Prezident Trampning öğli ham Vensning har bir söziga qöşildi.

«Biz uruş sababli yutqazdik». Oq uy maʼmuriyatida bo‘linish boshlandimi?
42 yoshli Jey Di Vens AQŞ prezidenti jamoasidagi eng ko‘zga ko‘ringan siyosatchilardan biri. Iroqda xizmat qilgan Vens 2023-yilda Trampni “xorijiy urushlarga kirmaydi”, deb qo‘llab-quvvatlagandi.
U 2023–2025-yillarda AQŞning Ohayodan saylangan senatori ham bo‘lgan. U 2025-yil yanvarida esa AQŞ vitse-prezidenti lavozimini egallagan.
AQŞ va Isroil Eronga qarshi urushni 2026-yil 28-fevralda boshlashi arafasida Vens yopiq doiralarda unga qarshi chiqqan. Aprel oyida esa The Atlantic jurnali Vens Pentagon prezidentga urush haqida to‘g‘ri maʼlumot berayotganiga shubha bildirganini yozgandi.
O‘shanda Vens Pokistonda eronliklar bilan muzokara ham olib borgan, biroq kelishuvga erishilmagan.
Ommaviy maydonda esa Vens odatda Trampni qo‘llab-quvvatlab kelgan. U hatto 3-sentabrda Oq uyda jurnalistlarga “Men buni urush deb atamagan bo‘lardim”, degandi.
Respublikachilarning saylovdagi mag‘lubiyati esa uning ohangini keskin o‘zgartirdi.
3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda demokratlar Kongressning har ikki palatasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Vensning asosiy ayblovi bitta: respublikachilarning mag‘lubiyatiga urush sababchi. U 4-noyabr kuni eʼlon qilgan uzun postida bu fikrni bir necha bor takrorladi.
“Biz urush sababli yutqazdik. Prezidentning o‘zi ham kecha kechqurun shunday dedi”, deb yozdi Vens.

