Dunyo

AQSH prezidentining OAV bilan ziddiyati fonida Trump TV ishga tushirildi

AQSH prezidenti bilan OAV o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan paytda Trump TV ishga tushirildi

Oq uy YouTube tarmog‘ida tun-u kun efirga uzatiladigan Trump TV ishga tushirilganini ma’lum qildi. Bu AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika ommaviy axborot vositalari bilan ziddiyatga kirishgan pallaga to‘g‘ri keldi.

Oq uyning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida 24 soatlik Trump TV translyatsiyasi boshlanganini bildirdi.

“Trump TV ayni damda efirga uzatilmoqda. U 24/7 rejimida va real vaqt rejimida yangilanib boradi. O‘tgan yillarning eng yaxshi lahzalari, e’lonlar va ma’muriyatning eng so‘nggi yangiliklari — barchasi bir joyda. Shu paytgacha barcha muhim voqealar televideniyeda ko‘rsatilmagan edi, lekin endi ular namoyish etiladi”, deyiladi e’lon qilingan xabarda.

Trump TV translyatsiyasini Oq uyning YouTube kanalida ko‘rish mumkin.

18-sentyabr kuni AQSH prezidenti CNN, MS NOW va Politico muxbirlarining Oq uyga kirishini taqiqladi. Tramp bu nashrlarni soxta xabarlar tarqatishda aybladi.

Ertasi kuni ushbu nashrlar jurnalistlari Oq uyga kiritilmaganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng internetga Tramp CNN, MSNBC va Politico logotiplari tushirilgan axlat sellofan paketlar tasvirlangan suratni joylashtirdi.

Keyinroq Oq uyga kirishi taqiqlangan uchta OAV vakili prezidentga qarshi sudga da’vo arizasi bergani ma’lum bo‘ldi.

22-sentyabr kuni esa Amerikaning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari AQSH prezidenti ma’muriyatiga boykot e’lon qildi. Telekanallar Oq uy rahbari ishtirokidagi tadbirlarni umumiy tasvirga olishni to‘xtatdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.