Sport

“Barselona” moliyaviy to‘siqlar sabab 30 yoshli hujumchini sotib olmaydigan bo‘ldi — Bild

“Barselona” moliyaviy cheklovlar tufayli 30 yoshli hujumchini sotib ololmaydi — Bild nashri xabariga ko‘ra.

Polshalik futbolchi Robert Levandovski jamoani tark etganidan so‘ng, “Barselona” rahbariyati uning o‘rnini bosadigan munosib hujumchi izlamoqda. Bild nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, klub sport direktori Dekuning asosiy nishonlaridan biri Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Serju Girassi bo‘lgan, ammo moliyaviy qiyinchiliklar sabab bu transfer amalga oshmay qoldi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Gvineya milliy terma jamoasining 30 yoshli forvardi bo‘yicha dastlabki so‘rovni yuborgan, biroq jarayon to‘laqonli muzokaralar bosqichiga yetib bormagan. Bunga futbolchining maosh borasidagi talablari asosiy to‘siq bo‘lgani aytilmoqda. Gap shundaki, Girassining yillik maoshi qariyb 10 million yevroni tashkil etadi va bu “Barselona”ning hozirgi moliyaviy imkoniyatlariga mos kelmaydi. Bundan tashqari, uning shartnomasida tovon puli 50 million yevro etib belgilangan. Ushbu holatlar ortidan “ko‘k-anorranglilar” ushbu transferdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Girassi bilan bog‘liq vaziyat Dekuning yozgi transferlar oynasidagi ikkinchi muvaffaqiyatsizligi hisoblanadi. Avvalroq “Barselona” Madridning “Atletiko” klubidan argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni transfer qilishga harakat qilib ko‘rgan, ammo bu muzokaralar ham natijasiz yakunlangan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Girassi 2024-yilda “Shtutgart”dan “Borussiya” safiga kelib qo‘shilgan va qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangandi. Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarda jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning dortmundliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar mo‘ljallangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.