Sport

“Barselona” Xorvatiya terma jamoasi darvozabonini sotib oladi — manba

"Barselona" Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovichni o'z safiga qo'shib olish arafasida turibdi, deya xabar bermoqda Marca nashri.

Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi 31 yoshli futbolchining hozirgi jamoasi "Fenerbahche" bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli olib bormoqda. Biroq, tomonlar hali yakuniy kelishuvga erishmagan.

"Barselona" transferni 1-sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. Dastlabki rejalarga ko'ra, Livakovich bir mavsumga boshqa jamoaga ijaraga beriladi.

2026/27-yilgi mavsumda "Barselona" darvozasini Joan Garsiya va Voytsex Shensni qo'riqlaydi. Livakovich esa jamoaga kelasi yil yozida qo'shilishi kutilmoqda, chunki o'sha paytda Shensnining "Barselona" bilan shartnomasi yakuniga yetadi.

Shundan so'ng, xorvatiyalik darvozabon asosiy posbon Joan Garsiyaning o'rinbosariga aylanishi mumkin.

Livakovichning transferi "Barselona"ga taxminan 3-5 million yevroga tushishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Livakovich 2025/26-yilgi mavsumni "Fenerbahche" safida boshlagan. Keyinchalik u ijara asosida "Jirona"ga o'tgan, ammo Ispaniya klubida atigi bitta o'yinda maydonga tushgan. 2026-yil yanvarida esa xorvatiyalik darvozabon ijara asosida "Dinamo Zagreb"ga qaytgan.

Livakovich mavsumning ikkinchi yarmida Zagreb klubi safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.