Bahodir Jalolov profi boksdagi gʻalabali seriyasini davom ettirdi
Oʻzbekistonlik bokschi britaniyalik Solomon Dakresga qarshi jangda toʻliq ustunlik qildi va 5-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi.

Bahodir Jalolov profi boksdagi gʻalabali yurishini davom ettirdi
18-oktabrga oʻtar kechasi Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida oʻtkazilgan professional boks oqshomida ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempioni Bahodir Jalolov britaniyalik Solomon Dakresga (10-1-0, 3 KO) qarshi navbatdagi jangini oʻtkazdi.
Oʻzbekistonlik bokschi jang davomida toʻliq ustunlikni qoʻlga oldi va 5-raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi.
Keyingi raundlarda ham tashabbusni boy bermadi va 10 raund toʻliq davom etgan bellashuv yakunida hakamlar Jalolovning gʻalabasini qayd etishdi (99-91, 99-90).
Shu tariqa, Big Uzbek’ning gʻalabali seriyasi davom etmoqda: 18 jangda 18 gʻalaba, ulardan 15 tasi nokaut orqali qoʻlga kiritilgan.
Jalolov oxirgi jangini 9-may kuni Manchesterda oʻtkazgandi. Oʻshanda u xorvatiyalik Agron Smakichini nokautga uchratgan.

