Bahodir Jalolov IBF reytingida yuqoriladi
Jalolov navbatdagi jangini Solomon Dakresga qarshi o‘tkazadi

Bahodir Jalolov IBF reytingida yuqoriladi
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) barcha vazn toifalari bo‘yicha sportchilar reytingini yangiladi.
Shunga ko‘ra, superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 6-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Jalolov oxirgi jangini 2026-yil 9-may kuni Agron Smakichiga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut orqali g‘alaba qozongan va o‘z rekordini 17–0 (15 tasi nokaut) ko‘rinishiga yetkazgandi.
Hozir IBF kamari Filip Xrgovichda, reytingni esa Frank Sanches boshqarmoqda. Keyingi o‘rinlarda Entoni Joshua (3) va Jalolov (4-o‘rin) joylashgan.
Taniqli insayder Den Rafael bergan xabarga ko‘ra, Jalolov navbatdagi jangini Daniel Dyubua — Fabio Uordli 2 kechasi doirasida Londonda mahalliy bokschi Solomon Dakres (10-1, 3 nokaut)ga qarshi o‘tkazadi. Xabarda aytilishicha, Jalolov (Top Rank) va Dakres (Queensberry) promouterlari kelishuvga erishgan.

