Muydinxoʻjayev va Ummataliyev profida jang oʻtkazadi
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev 26 sentyabr kuni jang oʻtkazadi, Javohir Ummataliyev esa 17 oktyabr kuni Londonda ringga koʻtariladi.

Muydinxoʻjayev va Ummataliyev profi ringga chiqishadi
Olimpiya chempioni va uch karra jahon chempioni Asadxoʻja Muydinxoʻjayev professional ringdagi navbatdagi jangini 26 sentyabr kuni Homestretch turniri doirasida oʻtkazadi. Uning raqibi nomi keyinroq maʼlum qilinadi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham professional darajadagi faoliyatini davom ettiradi. Uning navbatdagi jangi 17 oktyabr kuni Londondagi O2 arenasida Daniel Dubois – Fabio Wardley 2 turniri doirasida rejalashtirilgan. Ummataliyevning raqibi hozircha eʼlon qilinmagan.
Har ikki bokschi allaqachon ikkitadan professional jang oʻtkazib, ikkala bahsda ham gʻalaba qozonishgan.
Boʻlajak uchrashuvlar Muydinxoʻjayev va Ummataliyevning navbatdagi professional janglari boʻladi. Oʻzbekiston boks federatsiyasi sportchilarga omad va yangi gʻalabalar tiladi.

