Muydinxo‘jayev va Ummataliyev professional ringda jang qiladi
Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev 26 sentyabrda, Javohir Ummataliyev esa 17 oktyabrda professional ringda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Muydinxo‘jayev va Ummataliyev professional ringda jang qiladi
Olimpiya chempioni va uch karra jahon chempioni Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev 26 sentyabr kuni Homestretch turniri doirasida professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Uning raqibi keyinroq maʼlum qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi maʼlum qildi.
Jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham professional darajadagi faoliyatini davom ettiradi. Uning navbatdagi jangi 17 oktyabr kuni London shahridagi O2 arenasida bo‘lib o‘tadigan Daniel Dubois – Fabio Wardley 2 turniri doirasida tashkil etiladi. Ummataliyevning raqibi hozircha nomaʼlum.
Har ikki bokschi ham professional ringda ikkitadan jang o‘tkazib, ikkala bahsda ham g‘alaba qozongan.
Bo‘lajak janglar Muydinxo‘jayev va Ummataliyevning professional faoliyatidagi navbatdagi bellashuvlar bo‘ladi. O‘zbekiston Boks federatsiyasi sportchilarga omad va yangi g‘alabalar tiladi.

