Ayolning bilimi va mehnati qadrlangan, oilada özaro hurmat va hamjihatlik qaror topgan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi - Ziroat Mirziyoyeva
Özbekiston prezidentining Anqara şahriga taşrifi va Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti doirasida mamlakat birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etdi.

Ayolning bilimi va mehnati qadrlanadigan, oilada o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm suradigan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi - Ziroat Mirziyoyeva
TDTning 13-sammiti doirasida tashkil etilgan Oila va xotin-qizlar kengashi turkiy davlatlar o‘rtasida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Kengash huzuridagi davlat va hukumat rahbarlari rafiqalaridan iborat Oliy faxriy kengashning ilk yig‘ilishi “Hamjihatlikdan institutsional hamkorlik sari: Turkiy dunyoda oila va xotin-qizlar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida qizlarning zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
– Ayolning bilimi va mehnati qadrlangan, oilada o‘zaro hurmat va hamjihatlik qaror topgan muhit butun jamiyatni mustahkamlaydi, – dedi birinchi xonim.
Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirdi. Bolalar va o‘smirlar uchun xavfsiz internet muhitini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
So‘zining yakunida Ziroat Mirziyoyeva yig‘ilishni tashkil etgani uchun Turkiya birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘anga tashakkur izhor etdi. Qabul qilingan qarorlar oilalar xotirjamligi, xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar va bolalar farovonligiga xizmat qilishiga umid bildirdi.

