Dunyo

​Anqarada O‘zbekiston va Turkiya anjumani: adabiy-ma’rifiy hamkorlik yangi mazmun bilan boyimoqda

Muloqotda adabiyot, san’at, ma’rifat va ta’limning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik hamda madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni xususida

Anqarada O‘zbekiston va Turkiya anjumani: adabiy-ma’rifiy hamkorlik yangi mazmun bilan boyimoqda

Turkiya Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi adabiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

«Bir ildiz, bir ma’rifat: O‘zbekiston — Turkiya do‘stlik ko‘prigi» xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, mushtarak qadriyatlarni adabiyot va ijod orqali yosh avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi. Unda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari, Turkiya Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, olimlar va ziyolilar qatnashdi.

Muloqot chog‘ida adabiyot, san’at, ma’rifat va ta’limning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik hamda madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, madaniyatda milliy ruh, tarixiy xotira va ikki xalqning mushtarak qadriyatlarini kelajak avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida doktor Kemal Yavuz Atamanning «Men tanishgan O‘zbekiston» asari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning muhim natijalaridan biri «Mehr qanotida» — «Sevgi kanatlarında» ijtimoiy loyihasini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolanganidir. Hujjat Turkiya Yozuvchilar uyushmasi raisi professor doktor Muhammet Enes Kala hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Xusanov tomonidan imzolandi. Hamkorlik doirasida Muhammet Enes Kala «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyatining faxriy a’zoligiga qabul qilindi.

Loyiha doirasida o‘zbek va turk bolalar adabiyoti namunalari ilk bor yagona ikki tilli adabiy-tarbiyaviy to‘plamda jamlanishi rejalashtirilmoqda. Unda yosh avlodni mehr-oqibat, do‘stlik, insonparvarlik, ezgulik, bag‘rikenglik va tinchlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi asarlar o‘rin oladi.

Mazkur tashabbus ikki qardosh xalq adabiyotini ikki til va mushtarak qadriyatlar asosida birlashtirib, ularning madaniy merosini yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.