Dunyo

Saida Mirziyoyeva Turkiyadagi universitet va maktabga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdoʻgʻan bilan birga Ibn Xaldun universiteti va «Yenidoʻgʻu» maktabiga tashrif buyurdi. Uning maʼlum qilishicha, tashrif davomida taʼlim muassasalari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda oʻquvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishilgan.

Saida Mirziyoyeva Turkiyadagi universitet va maktabga bordi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu muassasalardagi oʻqitish uslublari hamda taʼlimga yondashuvlar unda katta qiziqish uygʻotganini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, bu yerda taʼlim sifati, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va mustaqil fikrlash koʻnikmasini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

«Bunday ilgʻor amaliyot oʻzaro hamkorlik uchun keng yoʻl ochadi», - dedi Saida Mirziyoyeva.

U taʼlimni Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning muhim yoʻnalishlaridan biri deb atadi. Bu sohadagi hamkorlik yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashi kengayishi va bir-birini yaqindan tanishiga xizmat qilishini qayd etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.