Dunyo

Ziroat Mirziyoyeva jahon hamjamiyatini bolalar onkologiyasiga qarshi kurashda birlashishga chaqirdi

Ziroat Mirziyoyeva jahon hamjamiyatini bolalar onkologiyasiga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga chaqirdi

Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva xalqaro hamjamiyat, hukumatlar va ilmiy tashkilotlarga onkologik kasalliklarga chalingan bolalar va ularning oilalariga yordam berish yoʻlida hamkorlikda ishlash daʼvati bilan murojaat qildi. U ushbu bayonotni Samarqandda oʻtkazilayotgan Bolalar onkologiyasi boʻyicha II Xalqaro kongressda ilgari surdi.

"Kasalliklar va azob-uqubatlar siyosiy chegaralarni, millatni yoki daromad darajasini tan olmaydi. Keling, farovon kelajak yoʻlida birlashaylik, toki biror bir bola va biror bir oila oʻz dard-alami bilan yolgʻiz qolmasin", – dedi Ziroat Mirziyoyeva.

"Sogʻayishdan farovonlik sari" kongressi "Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli rivojlanish yoʻli" Jahon sammiti doirasida oʻtkazilmoqda. Anjuman ishida Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Rossiya sogʻliqni saqlash organlari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, xalqaro professional birlashmalar, xorijiy klinikalar va ilmiy hamjamiyat vakillari ishtirok etmoqda.

Dasturning alohida qismi "Мehrli Маktаb" oʻquvchilarining chiqishi boʻldi. Ular oʻzlarining shaxsiy hikoyalarini soʻzlab berib, davolanish tajribasi va kelajakka boʻlgan umidlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Xalqaro kongress bolalar onkologiyasi masalalari, davolash natijalari va bolalar sogʻaygandan soʻng ularning hayot sifatini oshirishga bagʻishlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.