Mahalliy

Avgustda mingta rejalashtirilgan shaxsiy qabul o‘tkazilmadi

Avgust oyida mingta rejalashtirilgan shaxsiy qabul amalga oshirilmagan

Prezident Xalq qabulxonasi tizimida 2026-yil avgust oyida 83 019 ta masala bo‘yicha 76 196 ta murojaat ro‘yxatga olindi.

Murojaatlarning 11 114 tasi takroriy, 1 593 tasi esa jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan.

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi bo‘yicha — 4 833 ta, aliment masalasida — 4 658 ta va gaz balloni bo‘yicha — 2 475 ta kelib tushgan. Bundan tashqari, huquqbuzarlikka oid 1 826 ta, bir martalik moddiy yordam yuzasidan 1 765 ta, surishtiruv va tergov masalalarida 1 709 ta murojaat qayd etilgan.

Ish bilan ta’minlash bo‘yicha 1 657 ta, uy-joyni ta‘mirlashga moddiy yordam bo‘yicha 1 548 ta, ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan 1 528 ta hamda ijro hujjatlariga oid 1 234 ta murojaat kelib tushgan.

Tashkilotlar orasida eng ko‘p murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligiga — 12 097 ta kelib tushgan. Keyingi o‘rinlarda Ichki ishlar vazirligi — 8 258 ta, Majburiy ijro byurosi — 7 966 ta, Energetika vazirligi — 6 551 ta va Bosh prokuratura — 5 498 ta qayd etilgan.

Shuningdek, Bandlik vazirligiga 4 272 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligiga 3 934 ta, Oliy sudga 3 070 ta, Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligiga 2 916 ta hamda Markaziy bankka 2 615 ta murojaat kelib tushgan.

Shoshilinch murojaatlarning 638 tasi elektr uzilishlari, 551 tasi ichimlik suvi, 67 tasi esa tez tibbiy yordam xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan.

Avgust oyida 5 666 ta shaxsiy qabul rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 4 666 tasi o‘tkazilgan. O‘tkazilmagan shaxsiy qabullar soni Toshkent viloyatida 148 ta, Farg‘ona viloyatida 137 ta va Toshkent shahrida 134 tani tashkil etgan.

Shuningdek, 4 495 ta sayyor qabul rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 4 327 tasi o‘tkazilgan. Sayyor qabul o‘tkazmagan tashkilotlar orasida elektr tarmoqlari korxonalarida 39 ta, obodonlashtirish boshqarmalarida 36 ta va mahallalar bo‘limlarida 31 ta holat qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.