Dunyo

Armaniston va Ozarboyjon oʻzaro hududlarni almashishi kerak - Pashinyan

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan tinchlik shartnomasi imzolanib, ratifikatsiya qilinganidan soʻng Armaniston va Ozarboyjon oʻrtasidagi munosabat qanday boʻlishi kerakligini taʼriflab berdi.

Armaniston va Ozarboyjon hududlarni oʻzaro almashishi kerak — Pashinyan

Uning aytishicha, Olmaota deklaratsiyasi asosida chegara delimitatsiyasi va demarkatsiyasi yakunlangach, Armaniston hududi 29 743 km² boʻlishi lozim.

Pashinyan fikricha, chegara ikki tomonida ham anklav va eksklavlar qolmasligi kerak, buning uchun ikki davlat «tengma-teng nisbatda hududlar almashishi» zarur. U, shuningdek, barcha yoʻllar va kommunikatsiyalarni ochish tarafdori ekanini bildirdi. Gap, jumladan, Ozarboyjon hududi orqali Armanistondan Armanistonga va Armaniston hududi orqali Ozarboyjondan Ozarboyjonga tranzit qatnovini yoʻlga qoʻyish haqida bormoqda.

Bosh vazir yana bir shart sifatida Yerevan va Boku bir-biriga nisbatan har qanday daʼvolardan butunlay voz kechishi kerakligini aytdi. U buning doirasida ham «Qorabogʻ, Gardman, Shirvon, Naxichevan» mantigʻini, ham «Gʻarbiy Ozarboyjon» mantigʻini tilga oldi.

Pashinyan tinchlikni aynan shu koʻrinishga keltirish qanchalik haqiqatga yaqinligi eng muhim masala ekanini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Turkmanistonda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqotlardan keyin unda bunday imkoniyat borligi haqida dastlabki taassurot paydo boʻlgan.

«Yaqin vaqt ichida biz ushbu imkoniyatni roʻyobga chiqarish va uni haqiqatga aylantirish bilan shugʻullanamiz».

Tomonlar chegaraning birinchi qismini 2024-yil aprelida dastlabki tarzda kelishib olgan, 2025-yil avgustida esa ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari tinchlik shartnomasi loyihasini eʼlon qilgan edi. Unga koʻra, Yerevan va Boku Olmaota kelishuvlariga muvofiq bir-birining chegaralarini hurmat qilish majburiyatini oladi.

Pashinyan soʻzlariga Ozarboyjon rasmiylari hali munosabat bildirmadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.