Dunyo

“AQShning bu tomonida Oʻzbekistonni hech kim bilmasdi” – Sietldagi bosh konsul bilan suhbat

Kun.uz’ning AQShdagi muxbiri Sietlda bosh konsul Ahror Burhonov bilan suhbatlashdi. Diplomatga koʻra, Amerikada Oʻzbekistonga ishonishyapti, Tinch okeani mintaqasida vakolatxona ochishdan asosiy maqsad ham davlatni tanitish va fuqarolarni himoyaga olish. Xoʻsh, nega aynan Sietl tanlandi va konsul hukumatdan qaysi topshiriqlar bilan kelgan?

“AQShning bu tomonida Oʻzbekistonni hech kim bilmasdi” – Sietldagi bosh konsul bilan suhbat

Diplomatning aytishicha, Amerikada Oʻzbekistonga ishonch bor, Tinch okeani mintaqasida vakolatxona ochishdan asosiy maqsad ham davlatni tanitish va fuqarolarni himoyaga olishdir. Xoʻsh, nega aynan Sietl tanlandi va konsul hukumatdan qanday topshiriqlar bilan kelgan?

Oʻtgan hafta Sietlda bosh konsullik rasman ochildi. Tadbirda Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi, BMTdagi doimiy vakili, Nyu Yorkdagi bosh konsul hamda Vashington shtati rasmiylari ishtirok etdi. Hamma uchun asosiy savol shuki, nega AQSh hududining oxirgi nuqtasi vakolatxona ochish uchun tanlandi?

Ahror Burhonovga koʻra, bu shahar yirik iqtisodiy markaz hisoblanadi. Bu yerda Microsoft, Amazon, Google va boshqa qator kompaniyalarning ofislari joylashgan. Shtat IT, mashinasozlik, aviatsiya, tibbiyot va ishlab chiqarish yoʻnalishlarida ijobiy natijalarga ega. Bundan tashqari, AQShning bu tomonida Oʻzbekistonni hech kim bilmaydi, shu bois targʻibot muhim.

“Kelganimizda oʻzi Sietl vakolatxona ochishimizga tayyormi degan savolni koʻtardik. Rostini aytsam, soʻrovnomada qatnashgan har oʻnta odamdan toʻqqiztasi Oʻzbekistonni tanimadi. Amerikaning bu tomonida biz davlatni tanitishimiz kerak deb oʻyladik”, deydi bosh konsul.

Diplomatning qoʻshimcha qilishicha, u avvalo Oʻzbekiston fuqarolarini himoya qilish va ularga yordam koʻrsatish topshirigʻi bilan kelgan. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt, robototexnika va ishlab chiqarishdagi yirik kompaniyalar bilan aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Yaqinda Vashington shtati savdo delegatsiyasi safarini tashkillashtirish jarayoni davom etmoqda. Oʻzbekiston mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha AQSH kompaniyalari bilan muzokaralar ham boʻlib oʻtyapti.

Xoʻsh, konsullik kimlarga xizmat koʻrsatadi? Bosh konsulga koʻra, Sietldagi vakolatxona toʻrtta shtat — Vashington, Montana, Aydaho va Oregonga javobgar.

Ahror Burhonov vakolatxona binosining ijaraga olinishi haqida ham toʻxtalib, 39-qavatdagi joy diplomatiya ishga solingani sabab uch baravar arzonga tushganini aytadi.

“Shaharning 30%ini qurgan odamga tegishli bu bino ham. Aynan uni topdik va Oʻzbekistonni tanitishga harakat qildik. Birodar shahar ekanini eslatdik, shunda ijara haqqi uch baravarga arzonladi”, deydi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.