Apple «mutlaqo yangi» iPad Mini’ni taqdim etdi
Apple 60 Gs çastotali OLED-displeyga ega yangi iPad Mini’ni namoyiş qildi. Kompaniya buni mini-planşet tarixidagi eng katta yangilaniş deb atamoqda.

Apple «mutlaqo yangi» iPad Mini’ni taqdim etdi
Ixçam planşet ilk bor Super Retina XDR OLED-ekrani bilan jihozlandi. Ramkaning qisqarishi hisobiga displey diagonali 8,3 dyuymdan 8,5 dyuymgacha kattalashdi.
U yanada to‘yingan qora rang, yuqori kontrast va 1200 nitgacha bo‘lgan maksimal yorqinlikni ta’minlaydi — bu avvalgi modelga qaraganda ikki barobar ko‘pdir.
Apple yorug‘lik kuchli bo‘lganda shu’lalani kamaytiradigan nanoteksturali qoplamaga ega versiyani ham ko‘zda tutgan. Ekranning minimal yorqinligi atigi 1 nitni tashkil etadi, bu esa qorong‘ida planshetdan foydalanishni yanada qulaylashtirishi kerak. Shu bilan birga, ekranning yangilanish chastotasi o‘zgarishsiz — 60 Gs darajasida qoldi.
iPad Mini korpusi yanada yupqalashib, atigi 5,4 mm ni tashkil etdi. Shuningdek, planshet IP67 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyaga ega bo‘ldi, ilgari hech bir iPad bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olmas edi. Bunga «akustik displey» — dinamiklarning ekran ichiga o‘rnatilishi evaziga erishildi.
Planshet asosini 2 nanometrli texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqarilgan yangi A20 Pro protsessori tashkil etadi — xuddi shunday chip iPhone 18 Proga ham o‘rnatilgan. Apple ma’lumotlariga ko‘ra, u grafik vazifalar va sun’iy intellekt bilan ishlashda samaradorlikning sezilarli darajada oshishini ta’minlaydi. Planshet iPadOS 27 boshqaruvi ostida ishlaydi hamda Apple Intelligence va Siri’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, Apple 12 megapikselli Center Stage old kamerasini korpusning uzun tomoniga ko‘chirdi. Bunday joylashuv gorizontal holatdagi videoqo‘ng‘iroqlar va konferensiyalar uchun ancha qulaydir. Bundan tashqari, planshet suratga olish va hujjatlarni skanerlash sifatini yaxshilaydigan moslashuvchan True Tone chaqnog‘iga ega bo‘ldi.
Oldindan buyurtmalar 28-oktabrdan qabul qilinadi, sotuvlar esa 6-noyabrdan boshlanadi. Qurilma uch xil xotira hajmida taqdim etiladi: 128, 256 va 512 GB. Texnik xususiyatlar bilan birga narx ham oshdi: iPad Mini 699 dollar turadi. Nanoteksturali qoplamaga ega versiya qimmatroq bo‘lib, uning narxi 849 dollardan boshlanadi. Avvalgi avloddan farqli o‘laroq, ranglar atigi ikkita: tillarang va kulrang.

