Texnologiya

Minimal Phone 2 - kuchli antismartfon taqdim etildi

Minimal Phone 2 - raqamli qaramlikni kamaytirish uchun yaratilgan smartfon. U minimalistik yondashuv tufayli cheksiz skrolling, videolar va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni kamroq jozibador qilib qo‘yadi. G‘oya oddiy: telefon foydalanuvchining diqqatini doimiy jalb qilib turmasdan, muloqot qilishga va vazifalarni hal etishga yordam berishi kerak.

Minimal kompaniyasi jismoniy QWERTY klaviaturasi bilan jihozlangan ikkinchi avlod antismartfoni – Minimal Phone 2’ni taqdim etdi.

Ushbu yangi qurilma 3,92 dyuymli OLED ekranga ega bo‘lib, uning o‘lchamlari 1240×1080 pikselni tashkil etadi va yangilanish chastotasi 90 Gs. Bu avvalgi modeldagi E-Ink displeyining o‘rnini bosdi. Qurilmaning korpusi shisha va metalldan ishlangan bo‘lib, birinchi versiyaning plastik korpusidan farq qiladi.

Minimal Phone 2 raqamli qaramlikni kamaytirish maqsadida yaratilgan. Uning minimalist yondashuvi cheksiz skrolling, videolar va boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni kamroq jozibador qiladi. Asosiy g‘oya shundan iboratki, telefon foydalanuvchining diqqatini doimiy ravishda jalb qilmasdan, muloqot qilish va vazifalarni bajarishga yordam berishi kerak.

Android’ning maxsus qobig‘i bo‘lgan Minimal OS’da o‘z-o‘zini cheklashning beshta varianti mavjud: ekranni kulrang tusga o‘tkazish, ilovalarni ochishdagi kechikish, ijtimoiy tarmoqlarni bloklash, kunlik ekran vaqti chegarasi va “diqqatni jamlash soatlari”. Agar foydalanuvchi o‘rnatilgan cheklovlardan birortasini bekor qilmoqchi bo‘lsa, smartfonni zavod sozlamalariga qaytarishi shart. Kompaniya bu yondashuvni qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, Minimal cheklovlardan voz kechishning yanada keskin usuliga to‘sqinlik qilmaydi. Ishlab chiqaruvchi yuklagichni blokdan chiqarish va boshqa proshivkalarni o‘rnatishni rasman taqiqlamaslikka va’da bermoqda.

Biroq, boshqa proshivka o‘rnatilsa, egasi Minimal OS’ning muhim funksiyalaridan biri – “matnli interfeys”dan mahrum bo‘ladi. Bu interfeys orqali buyruqlarni klaviatura yordamida bosh ekrandan kiritish mumkin. Masalan, “non sotib ol” jumlasi tegishli ilovada vazifa yaratadi. Shu tarzda SMS yuborish, taqvimga qaydlar kiritish, eslatmalar yaratish, qo‘ng‘iroq qilish, ilovalarni qidirish va sun’iy intellekt yordamchisi bilan muloqot qilish mumkin.

Qurilmaning samaradorligi uchun 8 GB LPDDR5X tezkor xotiraga ega MediaTek Dimensity 8300 protsessori mas’ul. Ichki xotira sig‘imi UFS standartidagi 256 yoki 512 GB. Shuningdek, 50 megapikselli asosiy kamera, 20 megapikselli old kamera, 3000 mA·soat sig‘imli akkumulyator hamda 27 Vt quvvatli simli va 15 Vt quvvatli simsiz Qi zaryadlash texnologiyasi mavjud. Qo‘shimcha imkoniyatlar qatoriga 5G, Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.4, GPS, NFC, yondagi barmoq izi skaneri, stereodinamiklar va quloqchin uchun 3,5 millimetrli ulagich kiradi.

Minimal Phone 2 “oniks” va “marvarid” ranglarida sotuvga chiqarilgan. Oldindan buyurtma beruvchilar uchun esa eksklyuziv to‘q sariq rangdagi versiya mavjud. 256 GB xotirali versiya 599 dollar, 512 GB xotiralisi esa 699 dollar turadi. Eksklyuziv to‘q sariq rangdagi model esa 899 dollarga baholangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.